"Yuventus"dan 12 ochko olib tashlanishi mumkin
21 may 2023 18:50
Yangiliklar
Ertaga Turin klubining soxta kapitallarni amalga oshirish va qo'lga kiritish bobida beshinchi sud ishlari bo'lib o'tadi. "Corriere dello Sport" malumotiga ko'ra, ishni olib borayotgan prokuror Italiya FFdan "Yuventus"dan 9 yoki 12 ochko olib tashlanishi kerakligini talab qiladi.
Agarda shunday bo'lgan taqdirda "Yuventus" A Seriya turnir jadvalida 8-o'ringacha tushib ketadi va bu navbatdagi mavsumda jamoaning evrokuboklardan quruq qolishini bildiradi.
Sud "Yuventus"ning zarariga qaror chiqaradigan bo'lsa, klub bu borada appelyaciya berishlari mumkin.
35-turdan keyin "byankoneri" A Seriya turnir jadvalida 69 ochko to'plagan holda 2-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar