So’nggi yangiliklar

02:19Англия. Муҳаммадали Ўринбоев "Брентфорд B" таркибида гол урди ва жамоасининг ғалабасига ҳисса қўшди  2 01:18"Бавария" Тухелнинг ўрнини эгаллаши кутилаётган номзод билан музокараларни бошлаб юборди  1 00:52Икер Касильяс ЕЧЛ финалида "Реал" дарвозасида ким туриши кераклигини айтди  2 00:30Чемпионларни сақлаб қолиш: "Байер" ёзда кимларни йўқотиши мумкин? (мутолаа учун)  0 00:11"Реал" Мбаппе трансферини Чемпионлар лигаси финалидан сўнг эълон қилади!  7 23:30Ривалдо ЕЧЛ финали ҳақида: "Боруссия Д" ғалаба қозонади"  17 23:22Расман: Килиан Мбаппе июнь ойида ПСЖни тарк этишини эълон қилди  14 23:09Бразилия термаси Америка кубоги учун қайдномасини эълон қилди. Рўйхатда Каземиро йўқ  7 22:42Хуммельс ЕЧЛда ҳафта ўйинчиси деб топилди. Матс Винисиусни ортда қолдирди  5 22:20Про лигада 7-тур ортда қолди. Турнир жадвали қандай кўринишда?  1 22:03Футзал бўйича Олий лига. "Oil Star" "Навбаҳор"ни мағлубиятга учратиб, кумуш медалларга эга чиқди!  1 21:30ОФК Куала-Лумпур шаҳрида терма жамоалар мураббийлари учун конференция ўтказди. Катанец бу конференцияда кўриниш бермади  11 21:00Про лига. "Бухоро" йирик ҳисобда "Олимпик-MobiUz"ни мағлубиятга учратди  34 20:51Гнабри жароҳати сабаб мавсумнинг қолган қисмини ўтказиб юборади  2 20:35Ўша машҳур дўппи аукционда 50 миллион сўмга сотилди!  14

"Yuventus"da barchasi yomon. Maydonda ham, klubda ham (mutolaa uchun) Yangiliklar

"Yuventus"da barchasi yomon. Maydonda ham, klubda ham (mutolaa uchun)

"Yuventus" o'tgan yozda jiddiy transfer kampaniyasini o'tkazgan holda, tarkibni jiddiy kuchaytirdi.

Turin klubiga xavbeklar Filipp Kostich, Pol Pogba va Leandro Paredes, himoyachilar Bremer va Andrea Kambyasso, vinger Anxel Di Mariya va forvard Arkadiush Milik keldi.


"Byankoneri" italyan futbolining yuqorisiga qaytish uchun jamoani jiddiy kuchaytirishdi. 2022/23 yilgi mavsumdagi ilk o'yinni "Sassuolo"ga qarshi 3:0 bilan tugagan bahs ochib berdi. Ammo, turinliklar shundan so'ng "Sampdoriya" bilan nursiz durang qayd etishdi, keyin esa "Roma" bilan 1:1 hisobida durang o'ynashdi.


"Byankoneri" "Speciya" (2:0)ni mag'lubiyatga uchratdi, shundan so'ng esa faqat ochkolar yo'qotmoqda. Massimiliano Allegri jamoasi Italiya chempionatidagi so'nggi o'yinlarni "Fiorentina" (1:1) va "Salernitana" (2:2)ga qarshi durang bilan o'tkazdi. Terma jamoalar tanaffusi oldidan "Yuventus" "Monca" (0:1)ga mag'lub bo'ldi. Qayd etish kerakki, "byankorossi" o'zining italyan futboli elitasidagi ilk g'alabasini aynan Turin klubiga qarshi qo'lga kiritdi.



"Yuventus" ayni damda A Seriya turnir jadvalida 8-o'rinni egallab turibdi. Jamoa etakchi "Atalanta" va "Napoli"dan 7 ochko ortda bormoqda. Skudetto haqida esa hatto gap ketmayapti — turinliklar bunday natijalar bilan kelasi mavsum CHempionlar Ligasiga chiqishsa katta gap.


Aytgancha, Allegri shogirdlari CHLda ham muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda. "Yuventus" ikki turdan so'ng birorta ochko to'play olmadi. Turinliklar avvaliga PSJga yutqazishdi, so'ngra "Benfika"ga yana shunday hisobda taslim bo'lishdi — 1:2.


Allegri jamoaning maydondagi ishlari o'xshamayotganini tan olmoqda. Mutaxassis bunday natijalarning bosh sabablaridan biri etib kadrlar muammosini aytmoqda. "Yuventus"da haqiqatdan ham jarohat olganlar ko'p, ammo ularning deyarli barchasini almashtirish mumkin.



Turinliklar tarkibiga CHempionlar Ligasi finalchisi, Evropa Ligasi g'olibi va A Seriyaning eng yaxshi himoyachisi keldi, ammo natija yo'q. "Yuventus" har bir o'yinda gol o'tkazishni boshladi, ammo shu bilan birga kam gol urmoqda.


Turinliklarda shuningdek xavfli vaziyatlar yaratish va hujumni yakunlashda muammolar kuzatilmoqda. "Byankoneri" hozirda 9ta gol urdi (har bir o'yinda o'rtacha 1,29) — bu A Seriyadagi 8-ko'rsatkich. To'g'ridan-to'g'ri raqobatchilardan faqatgina "Roma" kam gol urmoqda (8ta gol, har bir o'yinda o'rtacha 1,14).


"Yuventus" darvoza tomon aniq zarbalar bo'yicha ligada 10-o'rinni (25ta zarba) egallab turibdi. Ulardan hatto "Empoli" (27), "Salernitana" (31) va "Sassuolo" (35) yaxshiroq tepmoqda. Turinliklar A Seriyada to'pga egalik qilish bo'yicha ham 10-o'rinda.



Jamoaning saviyasiz o'yini salbiy natijalar bilan uyg'unlashgan. "Yuventus"da hozirda haqiqatdan ham qiyin kadrlar bilan bog'liq vaziyat bor, ammo bunday klubda har mavsum 2ta tarkib bo'lishi kerak va ularda sifatli o'yinchilar etarlicha.


Boshqa tarafdan, Allegri juda ham aniq ijrochilarga tayanmoqda. Mutaxassisda doim ham B rejasi yo'q, bu narsa esa hozirgi sharoitlarda kerak. Italiyalik uning uchun maydondagi go'zallik o'zgacha rol o'ynamaydi, asosiysi — natija. Ammo, turinliklarda hozirda na unisi, na bunisi bor.


Albatta, "Yuventus" natijalari uchun Allegri javobgar. Ammo, barchasini murabbiyning bo'yniga ilib qo'yish adolatdan emas. Klubda yana ko'p narsa unga bog'liq bo'lgan kamida bitta inson bor. Bu prezident. Andrea Anelli so'nggi paytlarda ko'plab xato qarorlar qabul qilmoqda, u shu sabab tanqidlarni qabul qilib olmoqda.


Undan murabbiylar bilan bog'liq muammo boshlandi. Allegri ketganidan so'ng, u Mauricio Sarri va Andrea Pirloni qo'ydi. Har bir mutaxassis jamoada bir yildan ishladi. "Byankoneri" Sarri bilan Italiya chempioniga aylandi, ammo CHempionlar Ligasida muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Pirlo bilan esa arang CHempionlar Ligasiga chiqishdi.


Agar murabbiyni har yili almashtirsa, qanday barqarorlik haqida gap ketishi mumkin. Anelli shuni tushundi va oldingi vaqtlarni qaytarish uchun Allegrini tayinladi. Ammo, boshqaruvchi muvaffaqiyatsizlik ro'y berishini kafolatlab qo'ymadi. U murabbiyga shunday shartnoma berdiki, endi uni istefoga chiqarib bo'lmaydi.



Allegrining muddatidan oldingi istefosi Turin klubiga shunday pulga tushadiki, ular bunday pulni to'lay olishmaydi. Klub umid bilan murabbiylar shtabidagi kimnidir almashtirishi mumkin.


Kadrlar tanlovi — Anellining kuchli tomoni emas. U 2018 yilda italyan futbolidagi eng yaxshi boshqaruvchilardan biri bo'lmish Juzeppe Marotta bilan xayrlashdi. U "Yuventus"da bosh direktor lavozimida ishlagandi.


3 yildan so'ng turinliklarni sport direktori Fabio Paratichi tark etdi. Marotta "byankoneri" bilan 8, Paratichi esa 11 yil ishladi. Ular birgalikda shunday ishlashdiki, "Yuventus" chempion jamoa bo'ldi. Hozir esa bunday emas.


Bunga qo'shimcha tarzda turinliklarning katta moliyaviy yo'qotishlarini qo'shishi mumkin. Klubning o'tgan yilgi zarari 254,3 mln evroni tashkil etdi. Bu italyan futbolidagi rekord ko'rsatkich. "Yuventus"da ketma-ket 5 yildan beri moliyaviy holat yomonlashmoqda.



Turinliklarning zarari 2017/18 yilgi mavsumda 19 mln evro, 2018/19 yilgi mavsumda 40 million, 2019/20 yilgi mavsum 90 million, 2020/21 yilgi mavsumda esa 210 million evroni tashkil etgan. Klub haliyam koronavirus oqibatlaridan jabr chekmoqda. Ammo, boshqa klublar inqirozdan chiqish yo'lidalar, "Yuventus" esa yo'q.


Anelli klubning moliyaviy holatini yaxshilash umidida Evropa Superligasini tashkil etish g'oyasini saqlab turibdi. Nazariyada ushbu loyiha uning ishtirokchilariga ko'plab pullarni olib keladi, ammo bu qachondir amalga oshadimi yoki yo'q, buni hech kim bilmaydi. Boshqaruvchi hozircha UEFA prezidenti bilan faqatgina janjallashadi.


Anelli o'z qarorlarining garoviga aylandi, hozirda buni o'zgartirish oson emas. Turinliklarda inqiroz barcha jabhalarda bor: o'yinda, boshqaruvda va iqtisodiyotda. Hozircha "Yuventus"ning qanday yo'llar bilan bu chuqurlikdan chiqmoqchi ekanligi ko'rinmayapti.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика