"Yuventus" va "Inter" Marseloni sotib olmoqchi, ammo...
13 sen 2020 23:26
Yangiliklar
"Yuventus" va "Inter" Marseloni sotib olmoqchi, ammo...
"Real" himoyachisi "Yuventus" va "Inter" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
AS xabariga ko'ra, Italiya klublari 32 yoshli braziliyalikni taklif qilmoqchi, ammo uning maoshini to'lashga qodir emaslar. U yiliga naqd 8 million evro oladi.
Xabar qilinishicha, Marselo "Real" asosiy tarkibidan joy kafolatlanmaganligini his qilayotgani sababli boshqa klublarning takliflarini tinglashga tayyor.
Manbada aytilishicha, Marseloning maoshi yuqori bo'lganligi bois uning boshqa klubga ketish ehtimoli past.
Marselo va "Real" o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2022 yilning yozida o'z nihoyasiga etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бор аламини "Монако"дан олди
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Fikrlar