"Yuventus" "Roma"ga Remzini tekinga qo'lga kiritishni taklif qildi
10 noy 2021 20:33
Yangiliklar
"Yuventus" "Roma"ga Remzini tekinga qo'lga kiritishni taklif qildi
"Yuventus" "Roma"ga yarim himoyachi Aaron Remzini sotib olishni taklif qildi.
Manbaning xabariga ko'ra, Turin klubi rimliklarga 30 yoshli uelslik futbolchini tekinga ijaraga olishni taklif qilgan, "Yuve" esa futbolchi maoshining 60 foizini to'lashga tayyor. Qayd etilishicha, "Roma" futbolchiga 2022 yilning yanvaridan 2021/22 yilgi mavsum oxirigacha to'lanishi kerak bo'lgan 4 milliondan 1,5 million evrosini to'lashga tayyor.
2021/22 yilgi mavsumda Remzi "Yuventus"ning 5 ta uchrashuvida qatnashib, samarali harakatlari bilan ajralib turmadi. Transfermarkt portali futbolchini 10 million evroga baholamoqda.
Fikrlar