"Yuventus" prezidenti koronavirusga chalindi
10 jan 2022 22:10
Yangiliklar
"Yuventus" prezidenti koronavirusga chalindi
Turinning "Yuventus" klubi prezidenti Andrea Anellida koronavirus aniqlandi.
Kasallik tufayli italiyalik u chorshanba kuni Italiya Superkubogi uchun "Juzeppe Meacca"da bo'lib o'tadigan "Inter"ga qarshi jamoasining navbatdagi o'yinini o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi.
Italiyalik jurnalist Janluka di Marcioning Tvitter sahifasida yozishicha, "Yuventus" prezidentida kasallik alomatlari ko'zga tashlanmagan holda yuqqan, chunki Anelli bir necha bor emlangandi.
Xuddi shu sababga ko'ra, Anelli "Yuventus"ning "Roma"ga qarshi safarda turinliklarning 3:4 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan uchrashuviga tashrif buyura olmadi.
Fikrlar