So’nggi yangiliklar

13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  1 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  3 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   0 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  0 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  1 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  11 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  11 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  2 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  2 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  6 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2

"Paxtakor" bosh murabbiyi o'yindan keyin nimalar dedi? Yangiliklar

"Paxtakor" bosh murabbiyi o'yindan keyin nimalar dedi?

O'yindan keyingi matbuot anjumanida Pedru Moreyra fikrlarini bildirdi.

Stadionda muhit ajoyib bo'ldi. Raqib darajasi yuqori ekanini bilardik, bugun ular juda yaxshi o'ynashdi. Biz to'pni ko'p yo'qotdik. Biz o'z darajamizni yaxshilash uchun ishlatishimiz kerak. Ikkinchi golni qarshi hujumdan o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limda hujumda faolroq bo'ldik. O'yinning birinchi qismida buni uddalay olmadik. Tan olish kerak, raqib g'alaba va natijaga munosib futbol ko'rsatdi. Biz shunday yuqori darajadagi bellashuvlarga tayyor bo'lishimiz lozim.

"Hilol"ning kuchli taraflarini bilardik, qanotdan juda faol oldinga o'tishadi. Markazdan qanot himoyachilarini hujumga boshlashadi. O'yin suratiga dosh bera olmadik. Biz yangi jamoa qurish bosqichidamiz, tarkibimizda o'tgan yilga nisbatan o'zgarishlar katta. Toshkentda ishonch bilan harakat qilgandik.

Bahs boshida ko'p xatolar qildik. Raqib futbolchilarini futbolchilarimiz bilan birga-bir qolishga ko'p qo'yib berdik. Lekin o'yinda uyushqoq o'ynadik deb o'ylayman, faqat keraksiz xatolar ko'payib ketdi. Raqib safida yuqori saviyali futbolchilar ko'p va ular mahorat ko'rsatishdi. Tarkibimizda Kayo Sezar bo'lsa, biz ham juda yaxshi futbol o'ynashimiz mumkin.

Biz bu o'yinlardan xulosa chiqaramiz, o'zimizga tegishli foydali jihatlarga ega bo'lamiz. Lekin Superligada boshqacha futbol o'ynaymiz. Stadionda bizni ajoyib tarzda qo'llab turgan muxlislarga katta tashakkur. Ular kamchilik bo'lishsa-da, juda faol quvvatlab turishdi. Ularni chempionatdagi uchrashuvlarda ham kutib qolamiz.

Ushbu bosqichgacha etib kelishimizni kichik natija deb atash mumkin. Shu raundda bo'lishga haqli edik. To'rt uchrashuvdan keyinoq juda yuqori saviyada o'ynash ilojsiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика