"Paxtakor" va "Al Hilol" o'zaro o'yinlar tarixi
11 mar 23:42
Yangiliklar


"Paxtakor" va "Al Hilol" o'zaro o'yinlar tarixi
Bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00da Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahridagi "Kingdom Arena" stadionida "Al Hilol" va "Paxtakor" jamoalari to'qnash kelishadi. Elit Osiyo Chempionlar ligasi nimchorak final doirasida o'tkazilayotgan bahsda keyingi bosqichga yo'l oladigan jamoa nomini aniqlab beradi. Bir hafta avval Toshkentda o'tkazilgan dastlabki o'yinda "sherlar" kichik 1:0 hisobida zafar quchishgan edi.
O'zaro o'yinlar tarixi
"Paxtakor" shu kunga qadar "Al Hilol" bilan to'qqiz marotaba to'qnash kelgan, Toshkent jamoasi o'zaro o'yinlarda faqatgina bir marotaba g'alaba qozongan, uchta bahs durang qayd etilgan va besh marotaba saudiyaliklarning qo'li baland kelgan. Bugungi bahs ikki jamoa uchun o'zaro to'qnashuvlardagi o'ninchi uchrashuv bo'ladi. Jamoalar o'rtasidagi dastlabki to'qnashuv 2007 yilga to'g'ri keladi. Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi to'rtinchi turi doirasida o'tkazilgan bahsda "Al Hilol" 2:0 hisobida g'alaba qozongan. Shuningdek, Saudiyada o'tkazilgan javob uchrashuvida ham "Paxtakor" 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan. Oradan ikki yil o'tar-o'tmas, jamoalar yana to'qnash kelishadi. Osiyo Chempionlar ligasi-2009 birinchi turiga to'g'ri kelgan Toshkentdagi bahsda jamoalar 1:1 hisobidagi durang qayd etishadi. Ar-Riyodda o'tkazilgan ikkinchi bahsda esa mezbonlar 2:0 hisobidagi g'alabani qayd etishadi.
Ikki jamoa o'rtasidagi navbatdagi bahs esa 2016 yiliga to'g'ri keladi. Toshkentda o'tkazilgan dastlabki bahsda No'mon Xasanov shogirdlari Igor Sergeev va Davron Hoshimovning gollari evaziga 2:2 hisobida jangovar durangga erishadi. Safardagi o'yinda esa "sherlar" yirik 4:1 hisobida mag'lub bo'lishadi. Pandemiya tufayli Dohada markazlashgan holda o'tkazilgan Osiyo Chempionlar ligasi-2020da jamoalar yana bir guruhdan joy olishadi. Uchinchi turda "Al Hilol" 90+7-daqiqadagi goli evaziga "Paxtakor"ni 2:1 hisobida mag'lub etadi. Bir necha kundan so'ng o'tkazilgan to'rtinchi turda esa jamoalar 0:0 hisobidagi nursiz durang qayd etishadi. "Al Hilol" va "Paxtakor" o'rtasidagi so'nggi bahs esa bir hafta avval Toshkentdagi JAR stadionida bo'lib o'tdi. "Paxtakor"ning braziliyalik futbolchisi Flamarionning goli evaziga o'z tarixida ilk bor "Al Hilol"ni mag'lub etdi.
1. Osiyo Chempionlar ligasi-2007. Guruh bosqichi
"Paxtakor" — "Al Hilol" 0:2
Gollar: Al Gamdi (54), Rodrigao (59)
"Paxtakor": Ignatiy Nesterov, Aleksandr Kleckov, Asror Aliqulov, Islom Inomov, Vladislav Kiryan, Timur Kapadze, Eldor Magdeev, Renat Bayramov, Odil Ahmedov, Server Jeparov, Uche Ixeruome
Bosh murabbiy: Ravshan Haydarov
2. Osiyo Chempionlar ligasi-2007. Guruh bosqichi
"Al Hilol" — "Paxtakor" 2:0
Gollar: Rodrigao (30, 90 pen.)
"Paxtakor": Ignatiy Nesterov, Asror Aliqulov, Anzur Ismoilov, Islom Inomov, Renat Bayramov, Timur Kapadze, Eldor Magdeev, Leonid Koshelev, Server Jeparov, Uche Ixeruome, Anvar Soliev
Bosh murabbiy: Ravshan Haydarov
3. Osiyo Chempionlar ligasi-2009. Guruh bosqichi
"Paxtakor" — "Al Hilol" 1:1
Gollar: Zayniddin Tojiev (57) — Radoi (55 pen.)
"Paxtakor": Ignatiy Nesterov, Asror Aliqulov, Anzur Ismoilov, Boyan Miladinovich, Stanislav Andreev, Ilhom Suyunov, Odil Axmedov, Darko Markovich, Dilshod Sharofutdinov (Sherzod Karimov, 56), Aleksandr Geynrix, Zayniddin Tojiev (Eldor Magdeev, 69)
Bosh murabbiy: Viktor Jalilov
4. Osiyo Chempionlar ligasi-2009. Guruh bosqichi
"Al Hilol" — "Paxtakor" 2:0
Gollar: Al Anbar (38), Al Suvail (64)
"Paxtakor": Ignatiy Nesterov, Asror Aliqulov, Anzur Ismoilov, Boyan Miladinovich, Stanislav Andreev, Islom Inomov, Odil Ahmedov, Darko Markovich, Dilshod Sharofutdinov, Farhod Tojiev, Zayniddin Tojiev
Bosh murabbiy: Viktor Jalilov
5. Osiyo Chempionlar ligasi-2016. Guruh bosqichi
"Paxtakor" — "Al Hilol" 2:2
Gollar: Igor Sergeev (70), Davron Hoshimov (89) — Yossir Al Qahtoni (60), Yusuf Al Salim (84)
"Paxtakor": Nikita Ribkin, Jamshid Boltaboev (Jamshid Iskanderov, 64), Kamoliddin Tojiev, Adnan Orahovach, Davron Hoshimov, Stanislav Andreev (Akbar Ismatullaev, 81), Javohir Sohibov, Vladimir Kozak, Azim Ahmedov, Sherzod Karimov (Jaloliddin Masharipov, 67), Igor Sergeev.
Bosh murabbiy: No'mon Hasanov
Ogohlantirishlar: Javohir Sohibov (67), Davron Hoshimov (90) — Salim Al Davsari (57), Saud Kariri (83), Ahmad Sharahili (90)
6. Osiyo Chempionlar ligasi-2016. Guruh bosqichi
"Al Hilol" — "Paxtakor" 4:1
Gollar: Abdulla Al Zoari (55), Adnan Orahovach (58, avtogol), Xolid Kaabi (61, 78) — Igor Sergeev (31)
"Paxtakor": Nikita Ribkin, Stanislav Andreev (Vladimir Kozak, 70), Adnan Orahovach, Kamoliddin Tojiev, Davron Hoshimov, Javohir Sohibov, Azim Ahmedov (Akbar Ismatullaev, 58), Suhrob Berdiev (Jaloliddin Masharipov, 63), Jamshid Iskanderov, Sherzod Karimov, Igor Sergeev
Bosh murabbiy: No'mon Hasanov
Ogohlantirishlar: Kamoliddin Tojiev (28), Davron Hoshimov (69), Jamshid Iskanderov (86).
7. Osiyo Chempionlar ligasi-2020. Guruh bosqichi
"Al Hilol" — "Paxtakor" 2:1
Gollar: Sebastyan Jovinko (45+2), Hattan Bahebri (90+7) — Eren Derdiyok (70)
"Paxtakor": Eldor Suyunov, Farrux Sayfiev (Akrom Komilov, 85), Anzur Ismoilov, Egor Krimec, Hojiakbar Alijonov, Sardor Sobirxo'jaev (Abror Ismoilov, 67), Odil Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Doston Hamdamov (Sanjar Quvvatov, 67), Igor Sergeev (Eren Derdiyok, 62)
Bosh murabbiy: Shota Arzeladze
Ogohlantirishlar: Yossir Al Shahroni (26) — Dragan Cheran (81), Anzur Ismoilov (90), Akrom Komilov (90)
Chetlatish: Eldor Suyunov (64)
8. Osiyo Chempionlar ligasi-2020. Guruh bosqichi
"Paxtakor" — "Al Hilol" 0:0
"Paxtakor": Sanjar Quvvatov, Farrux Sayfiev (Akrom Komilov, 77), Anzur Ismoilov, Egor Krimec, Hojiakbar Alijonov, Abror Ismoilov, Odil Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov, Sardor Sobirxo'jaev (Sadriddin Abdullaev, 90+1), Doston Hamdamov (Javohir Siddiqov, 67), Eren Derdiyok (Igor Sergeev, 67)
Bosh murabbiy: Shota Arzeladze
Ogohlantirishlar: Anzur Ismoilov (45+1) — Muhammakd Kanno (66)
9. Elit Osiyo Chempionlar ligasi. Nimchorak final
"Paxtakor" — "Al Hilol" 1:0
Gol: 1:0 — 29, Flamarion (Brayan Riaskos).
"Paxtakor": 19.Jonatan Luiz, 3.Shahzod Azmiddinov, 4.Abdulla Abdullaev, 7.Hojiakbar Alijonov, 8.Diyor Xolmatov (45.Rezan Bashar, 80), 17.Dostonbek Hamdamov (30.Otabek Jo'raqo'ziev, 80), 22.Umar Adhamzoda (44.Mahmudjon Mahamadjonov, 90), 23.Abdurauf Bo'riev, 47.Jonatan Lukka, 50.Flamarion Filo (55.Muhammadrasul Abdumajidov, 90), 94.Brayan Riaskos (37.Igor Sergeev, 56).
Zaxira: 1.Nikita Shevchenko, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 9.Ibrohim Ibragimov, 12.Vladimir Nazarov, 15.Diyorbek Ortiqboev, 77.Dilshod Saitov, 99.Ulug'bek Hoshimov.
"Al Hilol": 37.Yassin Bunu, 3.Kalidu Kulibali, 4.Xalfan al Davsari, 5.Ali al Bulayhi (28.Muhammad Kanno, 39), 8.Ruben Nevesh, 11.Markos Almeyda, 16.Nosir al Davsari, 22.Sergey Milinkovich-Savich (99.Abdulloh al Hamiddan, 76), 27.Kayo (24.Moteb al Xarbi, 61), 29.Salim al Davsari, 77.Malkom.
Zaxira: 17.Muhammad al G'ami, 21.Muhammad al Ovays, 7.Xolid al G'annam, 15.Muhammad al Qaxtoni, 33.Muhammad bin Muxaysh, 38.Turki al Jumayl, 39.Abdulaziz Majid.
Bosh murabbiy: Pedru Moreyra
Ogohlantirishlar: Shahzod Azmiddinov (34), Abdulla Abdullaev (78), Kalidu Kulibali (83), Mahmudjon Mahamadjonov (90+7), Muhammad Kanno (o'yin yakunlangach)
O’xshash yangiliklar

Fikrlar