So’nggi yangiliklar

22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  1 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинга такрорланмайди деб умид қиламан"  9 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  1 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  5 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  94 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  3 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  6 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  4 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  9 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  3

Superliganing ilk turida hakamlar nechta xatoga yo'l qo'yishdi? Yangiliklar

Superliganing ilk turida hakamlar nechta xatoga yo'l qo'yishdi?

Rossiyalik ekspertimizning hakamlik faoliyati tahlili bilan tanishing.

Championat.Asia saytining hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram-kanali) 2022 yilgi mavsumdan boshlab Superliga o'yinlaridagi bahsli holatlarni tahlil qilib kelmoqda.

Etiboringizga Superliganing 2025 yilgi mavsumi birinchi turidagi hakamlik faoliyati tahlilini havola etamiz.


✅❌ OKMK – "Buxoro"

VIDEO

Yanada aniqroq tahlil qilish uchun boshqa rakurslardan olingan takroriy vaziyatlar etishmaydi. Mavjud takroriy vaziyatlardan xulosa qilish mumkinki, OKMK o'yinchisi oyoqlarini yig'ishtirib, "Buxoro" darvozaboni bilan to'qnashuv oqibatlarini yumshatishga harakat qilgan. Shuni ham takidlash joizki, hujumchi dastlab darvozabonni ko'rmagan va qanotdan kesib uzatilgan paytda faqat to'pga intilgan. Umuman olganda, hakamning sariq kartochka ko'rsatish qarorini maqullayman.

Janjal xususida: hakam ikkala jamoa o'yinchilariga kamida sariq kartochka ko'rsatishi lozim edi.

 

OKMK – "Buxoro"

VIDEO

Hakam o'yinni davom ettirib, to'g'ri qaror qabul qildi. "Buxoro" himoyachisining qo'li tirsagidan bukilgan holda erga tegdi. Qo'l yonga perpendikulyar holda cho'zilmagan, aksincha tanaga etarlicha yaqin joylashgandi.

 

✅✅ OKMK – "Buxoro"

VIDEO

Ushbu vaziyatda o'yindan tashqari holat mavjud emas, hujumchilar chiziq ortida joylashgan. VAR tizimi ehtimoliy qoidabuzarlikni tekshirgan bo'lishi mumkin. Hakamning o'yinni davom ettirish va OKMK golini hisobga olish qaroriga qo'shilaman. "Buxoro" himoyachisi raqibiga suyanib, uning qo'llari elkasida ekanligini sezgach, kontaktni bo'rttirib ko'rsatishga uringan holda yiqildi. Bu erda ochiq-oydin qoidabuzarlik ko'zga tashlanmaydi. Hech bo'lmaganda, bizda mavjud bo'lgan takroriy vaziyatlar asosida shunday xulosa qilish mumkin. Gol to'g'ri holatda hisobga olingan.

 

"Qizilqum" - "Surxon"

VIDEO

OKMK - "Buxoro" uchrashuvidagi qo'l bilan bog'liq epizodidan farqli o'laroq, bu holatda to'pga aynan qo'l bilan o'ynash holati sodir bo'lgan. Penalti to'g'ri belgilangan. "Surxon" futbolchisi to'pni uzatayotganda, "Qizilqum" himoyachisi qo'lini yonga cho'zgan, bu esa qoidabuzarlik hisoblanadi. Bunday vaziyatda sariq kartochka ko'rsatish shart emas.

 

✅❓ "Qizilqum" - "Surxon"

VIDEO

Hakam o'yinni to'g'ri holatda davom ettirdi. "Qizilqum" hujumchisi darvozaga zarba berganidan so'ng, u bilan "Surxon" darvozaboni o'rtasida to'qnashuv yuz berdi. Bunday holatlarda, faqat himoyachi tomonidan haddan tashqari tajovuzkorlik yoki o'ta ehtiyotsiz o'yin ko'rsatilgandagina penalti belgilanishi mumkin.

Voqeaning ikkinchi bosqichi: to'pning darvoza chizig'ini kesib o'tgan-o'tmaganligi. Bu savolga aniq javob berish uchun darvoza chizig'i bo'ylab takroriy vaziyatni ko'rish zarur. Agar to'p darvozani to'liq kesib o'tganini tasdiqlovchi dalil bo'lmasa, o'yinni davom ettirish lozim.

 

"Xorazm" - "Sho'rtan"

VIDEO

Ushbu vaziyatda qoida buzilmagan. "Sho'rtan" jamoasi o'yinchisi zarba berishga chog'lanayotgan payt "Xorazm" himoyachisi bilan to'qnashib ketgan. Kontakt holati juda kam, bu jarayon qoidabuzarlik hisoblanmaydi. Hakam o'yinni to'g'ri ravishda davom ettirdi.

 

"Navbahor" - "Dinamo"

VIDEO

Menimcha, bu holatda qoidabuzarlik yo'q edi. Agar "Dinamo" o'yinchisi raqib darvozasini ishg'ol qilganda, golni inobatga olish kerak bo'lardi. Oldingi epizodda bo'lgani kabi, bu safar jismoniy kontakt holati juda kichik edi. VAR uchun bu "noaniq zona" hisoblanadi, sababi, aniq bo'lmagan vaziyat uchun videoassistent aralashishga haqli emas.

 

"Navbahor" - "Dinamo"

VIDEO

To'p aynan qaerga tekkani haqida aniq tasavvur yo'q. Agar VAR boshqa rakurslardan takroriy vaziyatlarni ko'rsatmagan bo'lsa, videoassistent ham epizodga aralasha olmagan bo'lardi.


Shu tariqa, Superliga-2025 mavsumining birinchi tur o'yinlarida hakamlar bitta xatoga yo'l qo'yishdi. Bundan tashqari, ikkita epizodda ekspertimiz qo'shimcha rakurslar yoki takroriy vaziyatlar sifati etarli bo'lmagani sababli hakamlarning qarori to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini aniqlay olmadi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика