"Yuventus" Pogbani koronavirus pandemiyasiga qadar ortga qaytarishni reja qilgan edi

Alisher
12 noya 2020, 10:37
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba Italiyaga qaytishi mumkin edi.

Fransiyalik futbolchini yozgi transferlar oynasida turinliklar o'z saflariga qo'shib olishmoqchi edi, ammo iqtisodiy inqiroz sabab ushbu transfer amalga oshmadi.

27 yoshli yarim himoyachi "Yuventus"da 2012-2016 yillar davomida o'ynagan, shundan so'ng MYUga 105 million evro evaziga o'tgan.

Pol joriy mavsum MYU safida barcha musobaqalarda 11ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi. Uning manchesterliklar bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano