"Yuventus" Pirloni istefoga chiqarmoqchi emas
03 mar 2021 18:47
Yangiliklar


"Yuventus" Pirloni istefoga chiqarmoqchi emas
Turinning "Yuventus" klubi Andre Pirloni jamoa bosh murabbiyligidan istefoga chiqarishni rejalashtirmayapti.
"Futbol bilan shug'ullanmaydigan ko'plab insonlar faqatgina natijalarga etibor qaratishadi. "Yuventus" hozir yangi bosh murabbiyning taktikasi bilan o'ynab ko'rmoqda. Biz Pirloning to'g'ri yondashuvni ishlatishiga ishonchimiz komil.
SHu sabab biz hamkorlikni davom ettiramiz. Biz jamoani yangiladik, yangi murabbiy jalb etdik va o'z yo'limizdan mamnunmiz", - deydi boshqaruvchi.
"Keksa sinora" A Seriya turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi. "Yuventus" etakchi "Inter"dan 7 ochko kam jamg'argan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar