"Yuventus" Pirloni istefoga chiqarishi va "Sassuolo"ga qarshi o'yin oldidan Tudorni tayinlashi mumkin
10 may 2021 14:56
Yangiliklar


"Yuventus" Pirloni istefoga chiqarishi va "Sassuolo"ga qarshi o'yin oldidan Tudorni tayinlashi mumkin
Andrea Pirlo A Seriya doirasidagi "Milan" (0:3)ga qarshi o'yindan so'ng istefoga chiqarilishi mumkin.
Turin klubi Italiya chempionatida mavsum so'nggiga 3 tur qolganda beshinchi o'rinni egallab turibdi va 10 yil ichida ilk bor CHempionlar Ligasiga chiqa olmasligi mumkin.
Manbaning xabariga ko'ra, Pirloning kelajagi hal qilingan - u har qanday holatda istefoga chiqariladi.
Ammo istefo mavsum so'nggiga qadar amalga oshirilishi mumkin - Pirloning assistenti bo'lmish Igor Tudor jamoani "Sassuolo" (12 may)ga qarshi o'yin oldidan qabul qilib olishi mumkin.
Oldin "Yuve"da o'ynagan 43 yoshli xorvat bosh murabbiylik lavozimini hoziroq egallashga tayyor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar