"Yuventus" niderlandiyalik hujumchi uchun kurashga qo'shildi

23 apr 2021, 21:27
RMC Sport xabariga ko'ra, Turinning "Yuventus" klubi "Lion" forvardi Memfis Depayning xizmatlariga qiziqib qoldi.

27 yoshli futbolchining francuz jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning iyunida nihoyasiga etadi. Memfis shundan keyin erkin agentga aylanadi.
Ma'lumot uchun, Depayning atrofidagi vaziyatni "Yuve"dan tashqari, "Barselona" va "Liverpul" klublari ham kuzatib bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: RMC Sport