"Yuventus" Moratani 45 mlnga sotib olish huquqi bilan 10 mln evroga ijaraga olmoqchi
21 sen 2020 17:37
Yangiliklar


"Yuventus" Moratani 45 mlnga sotib olish huquqi bilan 10 mln evroga ijaraga olmoqchi
"Yuventus" hali ham hujumchi Alvaro Moratani ortga qaytarishga qiziqmoqda.
Turin klubi 27 yoshli forvard borasida "Atletiko" bilan muzokaralar olib bormoqda. "Keksa sinora" o'yinchini 45 million evroga sotib olish huquqi bilan 10 million evro evaziga ijaraga olmoqchi.
"Atletiko" Morataning ketishini ko'rib chiqishga tayyor, Luis Suaresning "Barselona"dan Madrid klubiga o'tish ehtimoli katta.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya terma jamoasi hujumchisi 2014-2016 yillar davomida "Yuventus" safida o'ynagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar