"Yuventus" Miranchuk uchun 20 million evro to'lashga tayyor
22 noy 2019 18:41
Yangiliklar


"Yuventus" Miranchuk uchun 20 million evro to'lashga tayyor
"Yuventus" "Lokomotiv" va Rossiya terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksey Miranchukka qiziqmoqda.
Xabarlarga qaraganda, "Yuventus" vositachi orqali "temiryo'lchilar" vakillari bilan suhbatlar olib bormoqda.
Takidlanishicha, 24 yoshli rossiyalik futbolchi Turin klubi muzokara olib borayotgan bir necha futbolchilardan bittasidir.
Ehtimoliy transfer esa 2020 yilning yozida ro'y berishi mumkin.
Faqatgina, "Yuve" vakillari bitimning Evropa chempionatiga qadar yakunlanishini xohlashmoqda. Italiya klubi Miranchuk uchun 20 million evro atrofida mablag' sarflamoqchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar