"Yuventus" Makkennini o'z tarkibida saqlab qolmoqchi
26 jan 2021 12:40
Yangiliklar


"Yuventus" Makkennini o'z tarkibida saqlab qolmoqchi
Yarim himoyachi Ueston Makkenni ayni damda ijara asosida "Yuventus"da o'ynamoqda.
"Yuventus" futbolchini o'z tarkibida saqlab qolmoqchi. Italiya klubi 22 yoshli futbolchini shartnomada ko'rsatilganidek 18,5 million evroga xarid qilishga tayyor.
SHu bilan birga "Yuventus" agar A Seriyada mavsum so'nggiga qadar top-4ga kirsa, uni xarid qilishga majbur.
Makkenni 2020/21 yilgi mavsum "Yuventus" safida 21ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar