"Yuventus" Lokatelli bilan kelishuvga erishdi
08 iyu 2021 15:07
Yangiliklar
"Yuventus" Lokatelli bilan kelishuvga erishdi
"Sassuolo" etakchisi Manuel Lokatelli faoliyatini Turinning "Yuventus" klubida davom ettiradi.
Tomonlar 2026 yilga qadar mo'ljallangan uzoq muddatli shartnoma bo'yicha kelishuvga erishishdi.
23 yoshli yarim himoyachining "keksa sinora"dagi maoshi yiliga 3 million evroni tashkil etadi. Lokatellining transferi Turin grandiga 40 million evroga tushadi.
Futbolchi 2020/21 yilgi mavsum A Seriyada 34ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar