“Yuventus” Jorjino uchun Bernardeskini taklif qilmoqda

2 iyun 2020, 00:54
Turinliklar jamoa bosh murabbiyining sevimli futbolchisini “Yuventus”ga olib kelish niyatidalar.

“Chelsi” yarim himoyachisi Jorjinoga “Yuventus” tomonidan jiddiy qiziqish bildirilmoqda. Uning uchun turinliklar Bernardeskidan voz kechishmoqchi, deya xabar bermoqda Gazetta dello Sport.

Manbaning tasdiqlashicha, Mauricio Sarri o'zi “Chelsi”ga olib kelgan  ushbu yarim himoyachini endi Italiyaga, o'z jamoasi tarkibida ko'rish niyatida.

Hozircha “Chelsi” tomonining bu boradagi poziciyasi mavhum bo'lib turibdi. 

Eslatib o'tamiz, italiyaliklar Jorjinoni Dzanologa almashtirish taklifini ham berishga tayyor.

O'xshash yangiliklar


Manba: Gazetta dello Sport