"Yuventus" ispaniyalik futbolchi uchun 60 million evro to'lashga tayyor
04 apr 2020 13:30
Yangiliklar
"Yuventus" ispaniyalik futbolchi uchun 60 million evro to'lashga tayyor
"Yuventus" "Valensiya" yarim himoyachisi Ferran Torresni nishonga oldi.
Turinliklar ispanlar so'rayotgan pulni to'lashga tayyorlar. "Ko'rshapalaklar" yozda Torresni 60 million evro evaziga sotishga tayyorlar.
Futbolchining "Valensiya" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilda yakuniga etadi. Torresga shuningdek "Arsenal", "Barselona", "Real" va "Atletiko" klublari qiziqish bildirmoqda.
Ferran joriy mavsum barcha musobaqalarda 35ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 6ta assist qayd etgan.
Fikrlar