"Yuventus" Iguainning transferi tafsilotlarini malum qildi
24 jan 2019 14:50
Yangiliklar
"Yuventus" Iguainning transferi tafsilotlarini malum qildi
Kecha Gonsalo Iguain "CHelsi"ga o'tgani rasman malum bo'ldi.
Turin superklubi futbolchining transferi moliyaviy malumotlarini malum qildi.
Unga ko'ra, "CHelsi" 31 yoshli futbolchining mavsum yakuniga qadar bo'ladigan ijarasiga 9 million evro to'laydi. Agarda jamoa uni olib qolishni istasa, yana 18 million evro to'lashi kerak. SHuningdek, shartnomada argentinalikni 36 million evroga sotib olish imkoniyati ham bor.
Gonsalo mavsumning birinchi qismini "Milan"da o'tkazgandi. Uning "Yuventus" bilan shartnomasi 2021 yilga qadar amal qiladi.
Fikrlar