"Yuventus" futbolchisi mavsum tugaganidan so'ng butsalarini mixga ilishini elon qildi
13 apr 2019 22:10
Yangiliklar


"Yuventus" futbolchisi mavsum tugaganidan so'ng butsalarini mixga ilishini elon qildi
Turinning "Yuventus" klubi azosi Andrea Bardzali faoliyatini qachon yakunlashini malum qildi.
May oyida 38 yoshni qarshilaydigan Bardzali mavsum yakunlanganidan so'ng futbolchilik faoliyatini tugatishini elon qildi. Italiyalik himoyachi turinliklar safida 2011 yildan beri harakat qilib kelmoqda. Ushbu davr oralig'ida Bardzali 204 uchrashuvida "keksa senora" libosida to'p tepdi va 2 marta gol urdi.
Andrea futbolchilik faoliyati davomida 2006 yil Italiya termasi bilan jahon chempioni, "Yuventus" bilan 7 marta Italiya chempioniga aylangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar