"Yuventus" Emre Janning narxini elon qildi
03 dek 2019 22:19
Yangiliklar


"Yuventus" Emre Janning narxini elon qildi
Calciomercato nashri xabariga ko'ra, Turinning "Yuventus" klubi germaniyalik yarim himoyachi Emre Janni qo'yib yuborishga tayyor.
25 yoshli futbolchining asosiy tarkibda doimiy o'rni yo'q, shu tufayli uning o'zi ham jamoasini o'zgartirishga qarshi emas. Futbolchi uchun "Manchester Yunayted", PSJ va "Borussiya" klublari davogarlik qilishmoqda. "Yuventus" rahbariyati futbolchini 35 million evrodan kamiga qo'yib yubormoqchi emas.
Eslatib o'tamiz, Janning "keksa sinora" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakunlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar