"Yuventus" Dibalani olimpiadaga qo'yib yubormadi
24 may 2016 00:35
Yangiliklar
"Yuventus" Dibalani olimpiadaga qo'yib yubormadi
"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala klub uni Argentina safida olimpiadada ishtirok etishga ruxsat bermaganini aytib o'tdi.
"Menda hali terma jamoa safida biror bir yirik turnirda ishtirok etish imkoniyati bo'lmagan. SHunday imkoniyat taqdim etilsa zo'r bo'lardi. Afsuski bu borada yakuniy qarorni men qabul qilmayman. Argentina terma jamoasi tarkibida Olimpiadada borishim lozim ekanligini bilaman. Lekin "Yuventus" bunga rad javobini berdi. Men Amerika kubogi yoki Olimpiadada o'ynashni ko'zlagandim. Biroq bu menga bog'liq emas. Klub menga ishonmoqda va kelasi mavsumga yaxshi sport formada kelishimni istamoqda. "Yuve" meni qo'yib yuborishni istamadi va men ham klubim qarorini qabul qildim", - deydi Dibala.
Fikrlar