"Yuventus" Dibala bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda
19 okt 2020 14:27
Yangiliklar


"Yuventus" Dibala bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda
Turinning "Yuventus" klubi rahbariyati argentinalik hujumchi Paulo Dibala bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.
"Keksa sinora" xo'jayinlari 26 yoshli ijrochi bilan qishda yangi shartnoma imzolamoqchi.
Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan, shu sabab Italiya chempionlari uning ketish ehtimolini yo'qotish uchun tezroq Dibala bilan shartnoma imzolashmoqchi.
Eslatib o'tamiz, forvard joriy mavsum turinliklar safida umuman maydonga tushmadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar