"Yuventus" darvozaboni bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin
15 noy 2019 21:57
Yangiliklar
"Yuventus" darvozaboni bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin
"Yuventus" va Voycex SHensnining shartnomani uzaytirish borasidagi muzokarasi yakuniy bosqichga kirgan.
Jurnalist Janluka di Marcioning bergan malumotiga ko'ra, Turin superklubining polshalik posbon bilan navbatdagi kelishuvi 2024 yilga qadar davom etadi. Yaqin vaqtlarda klub rasmiy sayti bu boradagi malumotni rasman elon qilishi kutilmoqda.
SHensni 2017 yildan buyon "Yuventus" sharafini himoya qilmoqda. 29 yoshli posbon o'shanda "Arsenal"dan ushbu jamoa tarkibiga kelib qo'shilgandi. SHensnining hozirgi shartnomasi 2021 yilga qadar davom etadi.
Fikrlar