"Yuventus" darvozaboni bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin

Mirjalol Normatov
15 noya 2019, 21:57
"Yuventus" va Voycex Shensnining shartnomani uzaytirish borasidagi muzokarasi yakuniy bosqichga kirgan.

Jurnalist Janluka di Marcioning bergan ma'lumotiga ko'ra, Turin superklubining polshalik posbon bilan navbatdagi kelishuvi 2024 yilga qadar davom etadi. Yaqin vaqtlarda klub rasmiy sayti bu boradagi ma'lumotni rasman e'lon qilishi kutilmoqda.

Shensni 2017 yildan buyon "Yuventus" sharafini himoya qilmoqda. 29 yoshli posbon o'shanda "Arsenal"dan ushbu jamoa tarkibiga kelib qo'shilgandi. Shensnining hozirgi shartnomasi 2021 yilga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal