"Yuventus" "CHelsi" futbolchisi bilan shartnoma imzolashi mumkin
30 may 2023 22:50
Yangiliklar
"Yuventus" "CHelsi" futbolchisi bilan shartnoma imzolashi mumkin
"CHelsi" futbolchisi Kristian Pulishich "Yuventus"ga o'tishi mumkin.
"ESPN" xabariga ko'ra, "CHelsi" yozdayoq 24 yoshli xavbekini sotib yuborishga tayyor. Uning transferidan klub eng kamida 20 mln evro ishlab olishni istamoqda. Jamoaning yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino ham qarorga qarshilik qilmagan.
"Yuventus" esa futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkin. Bunga halaqit qiladigan birgina narsa - futbolchining maoshi. Pulishich "CHelsi"da yiliga 13 mln evro maosh olmoqda. "Yuve" esa unga buncha maosh berishni istamaydi.
Pulishichning "CHelsi" bilan shartnomasi 2024 yil yoziga qadar davom etadi. Ushbu mavsumda u APLning 24 o'yinida maydonga tushdi va 1tadan gol va assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar