So’nggi yangiliklar

17:37К-Лига 2. Алиқулов жамоаси сафарда Алибоев клубини мағлуб этди   1 17:35Люпче Дориев: "Сўғдиёна" мусобақа жадвалида янада баландроқда бўлиши керак. Ўзбекистон кубогида ғалаба қозона олишимизга кўзим етмоқда"  4 17:04Равшан Ҳайдаров бошчилигидаги Ўзбекистон U-21 терма жамоаси йиғинга киришди  4 16:57Футзал. 9 та гол урилган, Ўзбекистон финалга чиққан Гватемалага қарши учрашувдан галерея  0 16:51"Сурхон" 43 нафар собиқ футболчи, мураббий ва ходим билан ҳисоб-китоб қилди  0 16:33Гвардиола Де Брюйне "Манчестер Сити"да қолишини тасдиқлади  0 16:00"Нефтчи" - "Сўғдиёна" ўйини нега қолдирилган? "Динамо" - "Навбаҳор" учрашуви нега қолдирилмаяпти?  28 15:01ОАВ вакиллари диққатига! ФИФА Футзал ЖЧ-2024 учун аккредитация жараёни бошланди  2 14:09Петрович "Челси"нинг АҚШдаги йиғинига жамоа билан йўл олмади  1 13:42Месси МЛСнинг барча юлдузлари шоу учрашувида иштирок этмайди   1 12:46Константин Базелюк — "Локомотив" футболчиси!  5 12:27Расмий хабар: Ўзбекистонлик ҳимоячи легионерга айланди  2 12:17ОКМК легионер футболчи билан шартнома тузди  6 12:08"Металлург" таркибга легионер ҳужумчини қўшиб олди  2 11:48Евро-2024да порлаган Нико Уильямс ҳақида ҳикоя (Бекзод Толибов блоги)  2

"Yuventus" bosh murabbiyligi uchun eng yaxshi nomzodlar (TOP-5) Yangiliklar

"Yuventus" bosh murabbiyligi uchun eng yaxshi nomzodlar (TOP-5)

17 may kuni "Yuventus" rasmiy saytida jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegri mavsum oxirida klubni tark etishi haqida xabar paydo bo'ldi.

Bu yangilik xuddi kutilmaganda portlagan bombadek effekt namoyish etdi. Turinliklar CHempionlar ligasining 1/4 finalida "Ayaks"ga mag'lub bo'lganidan so'ng ko'pchilik xuddi shunday bo'lishini taxmin qilgan edi. "Yuve" bosslari esa biro oy kutishdi va baribir "mashinaga yangi haydovchi kerak" deb hisoblashdi.

Allegri "Yuventus"da 5 yil ishladi. Bu 5 yil murabbiyning faoliyatidagi eng yaxshi damlar bo'ldi. Mutaxassis bu vaqt ichida turinliklar bilan ketma-ket 5 marta Italiya chempioni bo'ldi. SHu bilan birga "Yuventus" 4 karra mamlakat Kubogi sohibiga aylandi. Bundan tashqari ikkita Italiya Superkubogi. Umuman olganda ichki sovrinlar klub bosslarini ajablantirmay qo'ygan. Allegri "Yuventus" bilan CHempionlar ligasida g'olib bo'lish vazifasini besh yil ichida uddalay olmadi, xatto dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lgan Krishtianu Ronalduning transferi ham mutaxassisga yordam bermadi.

Yangi murabbiy oldiga Italiyada hukmronlikni davom ettirish va "Yuventus" bor-yo'g'i ikki marta g'alaba qozongan CHempionlar ligasida zafar quchish vazifasi qo'yiladi.

"Yuventus"ning yangi ustozi kim bo'lishi noaniq. Bu borada klub bosslarida ham aniq tasavvur yo'q. shu sababli Turin klubiga kim foyda kelitirish mumkinligini tasavvur qilib ko'ramiz.


ARSEN VENGER

"Arsenal"da o'z nomiga ega bo'lib, keyin yorqin natijalar va ko'plab sovrinlar bilan klub obro'sini ko'targan ajoyib mutaxassis bir yildan beri ishsiz. Venger 2018 yilning yozida "to'pchilar"ni tark etdi va shundan so'ng mutaxassis murabbiylikni yig'ishtirishi haqida malumotlar paydo bo'ldi.

Ammo Venger 2018 yilning oxirida OAV orqali ishga qaytishi haqida elon qildi. Mse Arsen hozircha klubda ishlaydimi yoki energiya kam sarflanadigan terma jamoani tanlaydimi, nomalum.

"Yuventus" varianti Vengerga qiziq bo'lishi aniq. CHunki franciyalik mutaxassis doimo "ekonom rejim"da yashaydigan "Arsenal"dan ko'ra transferlarga katta mablag' ajratadigan "Yuventus"da ishlash imkoniyatiga ega bo'ladi. SHu bilan birga Venger Krishtianu Ronaldu bilan hamkorlikda ishlashi mumkin. Franciyalik mutaxassis 2003 yilda portugaliyalikni o'z shogirdlari orasida ko'rmoqchi bo'lgan, ammo o'shanda "Manchester Yunayted" "Arsenal"nikidan yaxshiroq taklif yuborib, "Sporting"dan bo'lajak yulduzni o'z safiga qo'shib olgan. Hozir taqdir unga Ronaldu bilan ishlashga imkon berishi mumkin.

"Yuve" uchun Venger varianti qisqa muddatli hamkorlik jihatidan qiziq bo'lishi mumkin. 69 yoshli kouch oldiga jamoani Evropa futboli etakchisiga aylantirish vazifasini qo'yish kerak. Natija ko'rsatish uchun Vengerga bir yoki ikki yil etarli bo'ladi. Har qanday holatda ham mse Arsen qizlar davrasida pul sanashga qiziqmaydigan inson. Vengerning puli etarli, u faoliyatining oxirida CHempionlar ligasida g'alaba qozonishni istashi aniq. SHunda nafaqaga yo'l olish ham zavqli bo'lsa kerak.


DIDE DESHAM

Ro'yxatimizda Franciyaning yana bir vakili. Desham Vengerdan farqli o'laroq ayni damda mehnat bilan band. U Franciya terma jamoasini boshqarmoqda. Desham bu jamoa bilan Evro-2016 finaliga chiqdi va JCH-2018da zafar quchdi. Dide uchun har kunlik ishga qaytish vaqti kelgan ko'rinadi, chunki endi terma jamoada motivaciya topish biroz mushkul ishga aylanishi mumkin.

Ehtimoliy hamkorlikka ko'plab sabablar topish mumkin. Desham besh yil davomida "Yuventus" sharafini himoya qilgan, shu bilan birga u Turin klubi bilan jamoaning CHempionlar ligasidagi so'nggi muvaffaqiyatida (1996) ishtirok etgan.

Desham murabbiy sifatida "Yuventus"da ishlashga muvaffaq bo'lgan. Jamoa korrupciyaga bog'liq mojaro tufayli 2006/07 mavsumda B Seriyaga tushib ketganda, franciyalik mutaxassis Turin klubi ustoziga aylangan. Desham jamoani yana elitaga qaytardi.

Biroq murabbiy va "Yuventus" orasidan qora mushuk o'tadi. Tomonlar transfer siyosati borasida bir to'xtamga keli olishmaydi va natijada Dide klubni tark etadi. Balki 12 yildan o'tib, qaytish vaqti kelgandir?


ANTONIO KONTE

49 yoshli Konte 2018 yilning yozidan beri bekorchi va hozir Antonio nomzodi Allegri o'rini uchun eng mos variantdek ko'rinmoqda.

Konte "Yuventus" nima ekanligini juda yaxshi tushunadi. U 13 yil davomida futbolchi sifatida klub sharafini himoya qilgan. Keyinroq Antonio "keksa sinora" murabbiyiga ham aylandi. 2011-2014 yillar ichida Konte uch marta A Seriya, ikki marta Italiya Superkubogida zafar quchdi.

2014 yilning yozida Konte "Yuventus"ni tark etishi haqidagi xabar Turin klubi muxlislarini juda xafa qildi. Norasmiy malumotlarga ko'ra, Konte va klub rahbariyati xuddi o'sha transfer siyosati borasida kelisha olishmagan.

Nima bo'lgan taqdirda ham, hozir Konte va "Yuventus" birlashishi uchun qulay vaqt. Voqealar bunday rivoj topishi klub vice-prezidenti Pavel Nedvedga xush kelishi haqida gapirishmoqda, biroq hozircha chexiyalik "Yuventus" prezidenti Andrea Anellini Konteni qaytarishga ko'ndira olmayapti.


MAURISIO POCHETTINO

So'nggi vaqtlarda Evropaning biror top-klubiga murabbiy kerak bo'lib qolsa, birinchi bo'lib Maurisio Pochettino ismi tilga olinmoqda. "Yuventus"ni ham shunday klublar safiga qo'shishimiz mumkin.

Bir necha kun oldin Pochettino CHempionlar ligasida g'alaba qozonsa, "Tottenxem"dan ketish haqida jiddiy o'ylab ko'rishini aytgan edi. Argentinalikning bu so'zlari ko'pchilikni o'ylantirib qo'ydi, bazilar u vataniga qaytishi mumkinligini yozsa, boshqalar mutaxassis faoliyatini yakunlashi haqda bong urmoqda.

Pochettino so'nggi ikki transfer oynasida "shporlar" safida xaridlarni amalga oshira olmadi, ammo u "Yuventus"ni tanlasa transfer bozorida deyarli o'zi istagan futbolchini sotib olishi va o'sha mashhur yulduz Krishtianu Ronaldu bilan ishlashi mumkin. Maurisio portugaliyalik haqida bir necha marta iliq fikr bildirgan.

"Yuventus" uchun Pochettino bilan hamkorlik qilish fantastika bo'lar edi. Argentinalik "Tottenxem"da APLda yaxshi natijalarga erishib, CHempionlar ligasi finaliga chiqqan bo'lsa, Maurisio "Yuventus"dagi keng imkoniyatlar bilan nimalar qilishni tasavvur qilib ko'ring.


JOZE MOURINYU

"Manchester Yunayted"dagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin portugaliyalikni "urib tushirilgan uchuvchi" deb atab, uni hisobdan chiqarishdi. Ammo Mourinyu bor-yo'g'i 56 yoshda va bu davr murabbiylar uchun kuchga to'lgan payt hisoblanadi.

Bir necha kun oldin Mourinyu so'nggi yarim yil u uchun kuchlarni qayta tiklash va hayollarni bir joyga qo'yishga imkon bergani haqida gapirgan edi. Joze o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yib, iyuldan ishga qaytishga tayyor.

"Inter"dagi tajriba Mourinyuga "Yuventus"ga tezroq ko'nikish uchun as qotishi mumkin. Ispaniya va Angliya futbolida grandlar bilan ishlagan Joze Italiyada o'zini mamlakatning eng kuchli jamoasida sinab ko'rmagan.

Mourinyu "Yuventus"da ishlashi uchun asosiy sabab - Krishtianu Ronaldu bo'lishi mumkin. Ikkala portugaliyalik "Real"da birga ishlashgan, ammo bu vaqt ichida murabbiy va futbolchi o'rtasidagi munosabatlar yaxshi bo'lgan deyish qiyin. Biroq Mourinyu va Ronaldu futbol olamidagi eng mashhur professionallardan hisoblanishadi. Ular kelishgan holda jamoa oldigan qo'yilgan maqsadlar uchun harakat qilishadi, ammo bunday bo'lmasa, ikkala portugaliyalikning nomi tezda unutilishi mumkin.

Agar Mourinyu "Yuventus"ga taklif qilinsa, Turin klubi birinchi mavsumdayoq CHempionlar ligasini yutishga harakat qiladi. Jozedek kuchli murabbiyni bunday grandga boshqa sabab bilan chaqirishmaydi...

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика