"Yuventus" bosh direktori Marotta "Inter" bilan muzokara o'tkazmoqda
03 okt 2018 13:41
Yangiliklar
"Yuventus" bosh direktori Marotta "Inter" bilan muzokara o'tkazmoqda
"Yuventus" klubi bosh direktori Beppe Marotta faoliyatini "Inter"da davom ettirishi mumkin.
61 yoshli italiyalik oldinroq 8 yillik faoliyatdan so'ng 25 oktyabrda Turin klubini tark etishini elon qilgan edi.
Marotta "Suning Group" ("Inter"ga xo'jayinlik qiluvchi kompaniya)ning bosh vakili Stiven Cang bilan Milanda uchrashuv o'tkazgan.
Tomonlar "Inter"ga o'tishni muhokama qilishgan va Marotta bunga rozilik bergan. Bu haqda "Tuttosport" nashri xabar berdi.
"Yuventus" Marotta davrida 7 marotaba chempion bo'ldi, 4ta Italiya kubogini, 3ta Italiya Superkubogini qo'lga kiritdi va ikki bor ECHL finaliga chiqdi.
Oldinroq, Marotta 9 yil "Sampdoriya"da ishlagan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar