“Yuventus” “bo'rilar” hujumchisi uchun ikki futbolchisini berishga tayyor
23 iyu 2020 09:54
Yangiliklar
“Yuventus” “bo'rilar” hujumchisi uchun ikki futbolchisini berishga tayyor
Turin klubi Raul Ximenes kerak.
“Yuventus” yozgi transferlar vaqtida “Vulverxempton” hujumchisi Raul Ximenesni o'z safiga qo'shib olish niyatida. “Bo'rilar” meksikalik hujumchi uchun 60 mln evro talab qilmoqda. Biroq Turin klubi bu summani to'lashga tayyor emas. “Yuventus” Ximenes uchun ikki futbolchisi Daniele Rugani hamda Federiko Bernardeskini berishga tayyor.
Malumot uchun, Ximenes joriy mavsum “bo'rilar” safida 45 ta o'yin o'tkazib, 23 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma berdi.
Fikrlar