"Yuventus" "Bavariya"ning 60 mln evro miqdoridagi ilk taklifini rad etdi
12 iyu 2022 11:08
Yangiliklar
"Yuventus" "Bavariya"ning 60 mln evro miqdoridagi ilk taklifini rad etdi
"Bavariya" "Yuventus" himoyachisi Matteys de Ligtning transferi borasida muzokaralarni muvaffaqiyatsiz boshladi.
"Yuventus" Myunxen klubining 60 million evro+10 million evro bonus ko'rinishidagi taklifini rad etdi.
Qayd etish kerakki, klublar muzokaralarni davom ettirmoqda, sababi himoyachi "Bavariya"ga o'tmoqchi.
De Ligt o'tgan mavsum turinliklar safida 42ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar