So’nggi yangiliklar

08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  0 08:20`Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  5 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20

De Bryuyne yangi klub topdi: bu "Siti"ga yoqmaydi Yangiliklar

De Bryuyne yangi klub topdi: bu "Siti"ga yoqmaydi

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne qariyb o'n yil davomida o'zining uyidek bo'lib qolgan klub bilan xayrlashishga yaqinlashmoqda.

"Shaharliklar" bilan xayrlashish qarori qabul qilingan bo'lsa-da, belgiyalik futbolchi hali yangi klubi borasida qaror qabul qilmagan. Biroq variantlardan biri ko'pchilikni hayratda qoldiradi.

Malum bo'lishicha, De Bryuynening xizmatlariga Londonning "Arsenal" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Kevinning o'zi ehtimoliy o'tish haqida xabardor ekanligi va boshqa takliflar qatorida buni ham ko'rib chiqishga tayyor ekanligini tasdiqladi:

"Ochig'ini aytganda, hozircha qaerga borishimni bilmayman. "Siti"dan ketish qarori yaqindagina qabul qilindi.

Men manfaatdor tomonlar bilan suhbatlashib, o'z jamoasida haqiqatan ham ko'rishni xohlaydiganlarni aniqlashim kerak bo'ladi", – dedi u.

Mavsumning birinchi yarmidagi jarohatlarga qaramay, 33 yoshli De Bryuyne "Siti" uchun 33 o'yinda ishtirok etib, 5 ta gol urish va 8 ta golli uzatma berishga ulgurdi. Uning tajribasi, maydonni ko'ra bilishi va etakchilik xislatlari hamon yuqori darajadagi klublarning etiborini tortmoqda.

Agar "Arsenal"ga o'tishi amalga oshsa, belgiyalik futbolchi nafaqat Angliyada qoladi, balki "shaharliklar"ning asosiy raqobatchilaridan birini yanada kuchaytiradi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика