"Yuventus" Albaga e'tibor qaratmoqda

Sherzod Nurmatov
24 may 2020, 01:50
Ispaniyalik himoyachi "keksa sinora"ning qiziqishlari ro'yxatida.

"Yuventus" yaqin transfer oynasida Jordi Albani sotib olmoqchi, deb xabar bermoqda Calciomercato.

Turinliklar hamda kataloniyalikdar o'rtasida bir vaqtning o'zida bir nechta futbolchilarning transferi muhokama qilinmoqda: Pyanich, Artur, Semedu, Vidal va boshqalar. Manbaning takidlashicha, Alba ham bitimga qo'shiladi. 

Ispaniyalik himoyachi ushbu mavsumda 24 bahs o'tkazib, 1ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" transfer bozorida bazi qiyinchiliklarga duch kelishi kutilmoqda, chunki hech kim jamoani tark etishni xohlamayapti.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato