"Yuventus" A Seriya rekordini takrorladi

15 may 2016, 01:22
Italiya chempionatining 38-turida "Yuventus" "Sampdoriya"ga (5:0) qarshi uchrashuvda o'z darvozasini "quruq" saqlashga erishdi.


Bu esa "Yuventus"ning mavsumdagi 22-quruq o'yini bo'ldi va turinliklar quruq o'yin o'tkazish bo'yicha A Seriya rekordini takrorlashdi.

Bu rekordni birinchi bo'lib "Milan" jamoasi 1993/1994 yilgi mavsumda qayd etgandi. "Yuventus" jamoasi esa 2013/2014 yilgi mavsumda ushbu rekordni takrorlagandi. Ushbu mavsumda ham turinliklar 22 bellashuvda o'z darvozalaridan to'p olib chiqishmadi va yana bir marta rekordni qaytarishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: La Gazzetta dello Sport