Superliga. "Dinamo" Olmaliqda g'alabaga erishib, jadvalda yuqoriladi

Sherzod Nurmatov
19 avg 2026, 20:58
Superliganing 18-turidan o'rin olgan bahs yakuniga etdi.

O'zbekiston Superligasi

18-tur

OKMK – "Dinamo" 0:1 (LIVE)

Olmaliq, OKMK sport majmuasi. 19:00

Gol: Firdavs Abdurahmonov (Mixail Shtefan) 48’

Bosh hakam: Akobirxo'ja Shukurullaev
Yordamchi hakamlar: Sanjar Shoyusupov, Akmal G'iyosov
Zaxira hakami: Abdurasul Qayumboev
VAR: Dostonbek Rahmonov
AVAR: Alisher Rahimqulov
Nazoratchi: Valentin Kovalenko
Komissar: Sherzod Rajabov

OKMK: 23.Hamidullo Abdunabiev, 3.Shahzod Toirov (8.Abubakr Rizo Turdialiev, 79), 5.Giorgi Papava, 6.Avazbek O'lmasaliev (44.Abror Karimov, 56), 7.Dilshod Ahmadaliev, 10.Asadbek Sobirjonov (77.Ivan Peshich, 60), 11.Ali Abdurahmonov, 17.Nodir Abdurazzoqov, 19.Ahmadullo Muqumjonov (22.Saidafzalxon Axrorov, 56), 21.Xazratjon Tursunqulov (27.Urosh Koyich, 60), 28.Arixiro Sentoku.

Zaxira: 35.Javohir Ilyosov, 4.Mirjamol Qosimov, 13.Eldor Begimov, 30.Abror Sarimsoqov.

"Dinamo": 1.Edem Nemanov, 2.Artyom Radaev, 3.Mixail Shtefan, 8.Aziz Amonov (44.Abdug'afur Haydarov, 66), 16.Amadu Dumbuya (25.Oybek O'rmonjonov, 57), 18.Raul Jeparov (15.Rasul Yo'ldoshev, 57), 19.Tigran Avanesyan (4.Nurillo To'xtasinov, 80), 20.Jaloliddin Jumaboev, 26.Marko Stanoevich, 37.Firdavs Abdurahmonov, 77.Behruzbek Oblaqulov (21.Jahongir Abdusalomov, 57).

Zaxira: 71.Sarvar Karimov, 17.Salim Mustafoev, 22.Ulug'bek Abdullaev, 30.Xaris Xaydarevich.

Ogohlantirish: Oybek O'rmonjonov (66).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+7. Zarbaa! Peshichning olisdan yo'llagan zarbasini Nemanov qaytardi, qaytgan to'pni Turdialiev darvozaga to'g'ri tepolmadi.

90+6. Zarbaa! Abdurazzoqovning erlatib yo'llagan xavfli zarbasiga aniqlik yetishmadi.

90+4. Bosh hakam qizil kartochka bilan bog'liq vaziyatni monitorda ko'rib chiqdi va uni bekor qildi. Hujumchi simulyaciya ishlatgan deb topildi.

90+1. Haydarov darvozabon bilan birga-bir holatga chiqib borishga intilayotganida Karimov uni ochiqchasiga qo'l bilan ushlab yiqitdi. Hakam aybdorni maydondan chetlatdi!

90. Ikkinchi taymga 7 daqiqa qo'shib berildi.

89. Zarbaaa! Abdusalomovning kuchli zarbasidan keyin to'p ancha noaniq ketdi.

87. Bosh hakam penalti yo'qligini e'lon qildi. Davom etamiz.

85. VAR holatni o'rganib chiqib, bosh hakamni monitorga chaqirdi.

83. Zarbaa! Abdurazzoqovning zarbasidan keyin to'p Stanoevichga tegib maydonni tark etdi. OKMK a'zosi to'p qo'lga tekkanini aytayotgan bo'lsa, “Dinamo” a'zosi to'p uning qorniga tekkanini aytmoqda.

82. “Dinamo” qarshi hujumga o'tdi. Abdusalomov Abdurahmonovga pas berishda zarba kuchini ancha oshirib yubordi, natijada to'p ancha uzoqlashib ketdi.

81. Ahmadalievning ichkariga oshirib bergan pasini Shtefan uzoqlashtirdi.

80. “Dinamo”da almashtirish: Avanesyan o'rniga To'xtasinov uchrashuvni tugatib qo'yadi.

79. OKMKda almashtirish: Toirov o'rniga Turdialiev bahsni davom ettiradi.

76. Uuux! Papavaning kuchli zarbasini Nemanov qaytarishga erishdi.

75. Radaev katta tezlikda oldinga o'tib, Haydarovga pas berdi, ammo hujumchi himoyachilar to'sig'ini engib o'ta olmadi, to'p Abdunabiev ixtiyoriga yetib keldi.

72. Zarba! Shtefan Peshichdan to'pni olib qo'yib, qarshi hujumga o'tdi va Haydarovni pas bilan taminladi, hujumchining erlatib yo'llagan zarbasi esa noaniq ko'rinish oldi.

70. Zarba! O'rmonjonov jarima maydonchasi ichiga yorib kirib, kuchsiz zarba berdi, Abdunabiev to'pni qiyinchiliksiz ushladi.

69. Axrorov qanotdan oldinga o'tib, Peshichni pas bilan tamanlashga urindi, ammo bu urinishdan keyin Nemanov to'pni egallab oldi.

66. O'rmonjonov Axrorovning shortigidan ochiqchasiga tortib qolgani uchun ogohlantirildi.

66. “Dinamo”da o'zgarish: Amonov o'rniga Haydarov maydonga tushdi.

64. Qanday vaziyatlar! Koyich va Ahmadalievning ketma-ket yo'llagan zarbalari himoyachilar tomonidan bartaraf etildi, yakunda darvozabon Nemanov to'pga ega chiqdi.

62. Uuux! Abdurazzoqovning jarima zarbasidan oshirib bergan to'pini Abdurahmonov bosh bilan darvozaga yo'naltirdi, Nemanov zarbani qaytardi! Qoyilmaqom seyv!

60. OKMKda 2 ta almashtirish: Sobirjonov o'rniga Peshich, Tursunqulov o'rniga Koyich tushirildi.

57. Uuux! Abdurahmonov deyarli 9 metrdan darvozani aniq nishonga ololmadi.

57. “Dinamo”da 3 ta almashtirish: Dumbuya o'rniga O'rmonjonov, Jeparov o'rniga Yo'ldoshev, Oblaqulov o'rniga Abdusalomov bahsga qo'shildi.

56. OKMKda 2 ta o'zgarish: Muqumjonov o'rniga Axrorov, O'lmasaliev o'rniga Karimov tushirildi.

54. O'lmasaliev va Nemanov to'p uchun kurash chog'ida o'zaro to'qnashib ketdi.

53. Abdurazzoqovning qanotdan oshirib bergan to'pini Shtefan bartaraf qildi.

52. Zarbaaa! Tursunqulovning zarbasini darvozabon qaytardi, qaytgan to'pni Abdurahmonov darvozaga yo'naltirishga urindi, noaniq.

51. Gol inobatga olindi. Davom etamiz.

50. VAR golni o'rganib chiqmoqda. Hoynahoy Abdurahmonov ofsayddami yoki yo'qligi tekshirilayotgan bo'lsa kerak.

48. GOL! Mixail Shtefanning uzun pasidan so'ng Abdurahmonov darvozabon bilan birga-bir holatga chiqib borib, darvozani ishg'ol etdi - 0:1!

46. Ikkinchi taym boshlandi!

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi.

45. Zarba! Muqumjonovning pasidan keyin Abdurazzoqov akrobatik zarba yo'llashga urinib ko'rdi, ancha noaniq.

44. Uuuux! Tursunqulovning to'pni to'xtatmasdan yo'llagan zarbasi kuchli, ammo sal noaniq chiqdi.

40. Zarbaa! Amonovning chap oyoqda olisdan yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi .

38. Jeparovning pasidan so'ng Oblaqulov jarima maydonchasi ichiga kirib bordi va Ahmadalievni aldadi, biroq keyin Toirov unga qarshi chiqib, to'pni olib qo'ydi.

34. Ahmadalievning havodan oshirib bergan to'pini Nemanov urib yubordi.

31. Zarba! Yana Ahmadaliev faollik ko'rsatib, darvoza tomon zarba berishga urindi, biroq Jumaboev to'p yo'liga g'ov bo'ldi.

31. Ahmadaliev jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi, ammo so'nggi pallada Stanoevich unga qarshi chiqib, to'pni uzoqlashtirdi.

27. Amonov kesma pas orqali Dumbuyani qulay nuqtaga olib chiqmoqchi bo'ldi, ammo to'pga Abdunabiev ega chiqdi.

25. Stanoevich himoyadan turib Amonovni uzun pas bilan taminladi, biroq hujumchi o'yindan tashqari holatda qolgani aniq bo'ldi.

23. Zarbaaa! Oblaqulov chamasi 17 metrdan aylanma zarbaga mualliflik qildi, noaniq.

20. Uuuux! Muqumjonovning pasidan so'ng to'p rikoshet orqali Tursunqulovga yetib keldi, yarim himoyachining juda kuchli zarbasidan keyn to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.

18. Abdurahmonov himoyachilar qurshovida turganiga qaramay, o'ng oyoqda zarba yo'lladi, Abdunabiev to'pni ushlab oldi.

16. Amonov havolatib uzatma amalga oshirib, qanotdagi Dumbuyani oldinga boshladi, biroq ofsayd qayd etildi.

13. Zarbaaa! O'lmasaliev olisdan erlatib kuchli va xavfli zarba yo'lladi, biroq sal noaniq.

12. Oblaqulov qanotda Toirov qarshiligiga duch kelib, yiqildi. Hakam hech narsa bo'lmaganini bildirdi.

10. Jeparov Ahmadalievni ushlab qolib, ochiqchasiga qoidani buzdi.

8. Zarba! Oblaqulov qanotdan ichkariga kirib borib o'ng oyoqda zarba berdi, Abdunabiev o'z o'rnida!

6. Uuux! Oblaqulovdan pas qabul qilib olgan Abdurahmonov qulay nuqtadan noaniq zarba yo'lladi, uning sherigi Amonov pas berilmagani uchun etiroz bildirmoqda.

5. Maydon markazida Dumbuya Muqumjonov bilan to'qnashib ketdi, hakam jarima zarbasi belgiladi.

2. Sentoku jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va xavfli vaziyat hosil qilishga urindi, uning pasidan keyin Mixail Shtefan to'pni uzoqlashtirdi.

1. Uchrashuv boshlandi!

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia