Superliga. "Andijon" safarda "Mashal"ni minimal hisobda engdi

Aslanov Jasurbek
19 avg 2026, 21:55
"Mashal" hamda "Andijon" o'rtasida o'tkaziladigan Superliganing 18-tur bahsi yakunlandi.

O'zbekiston Superligasi. 18-tur

19 avgust 2026 yil. G'uzor, "Markaziy" stadioni. 20:00

"Mashal" - "Andijon" 0:1

Bosh hakam: Rustam Choriev
Yordamchi hakamlar: Mahmud Turdiev, Feruz Dostonov
Zaxira hakami: Nurjahon Sulaymanov
VAR: Abdurashid Xudoyberganov
AVAR: Husan Xudayberdiev
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Samandar Ibragimov

Gol: 0:1 – 53, Po'latxo'ja Xoldorxonov (Imeda Ashortia)

"Mashal": 35. Dostonbek To'xtaboev, 2. Zafarbek Akramov (22. Muhammadbobir Mo'ydinov, 46), 4. Strahinya Boshnyak, 5. Komiljon Tojidinov, 8. Sardor Abduraimov, 9. Ibrohim G'anixonov (11. Mahmud Jo'raboev, 12), 10. Humoyun Murtozaev (19. Tohirbek To'xtasinov, 46), 24. Ifeani Ifeani (88. Ahrorbek Rahimov, 54), 28. Ergash Ismailov, 63. Pavel Bureev, 70. Azizbek Choriev (72. Normurod Ko'charov, 59).

Zaxira: 25. Samandarbek Jo'rabekov, 7. Vlatko Stoyanovski, 37. Sherzod Fayziev, 50. Drago Bumbar.

"Andijon": 19. Artyom Potapov, 6. Aleksandre Andronikashvili, 7. Po'latxo'ja Xoldorxonov (28. Bekzod Sulaymonov, 74), 9. Imeda Ashortia (33. Doniyor Abdumannopov, 74), 11. Humoyunmirzo Iminov (10. Dragan Cheran, 46), 14. Abdurahmon Komilov (2. Odilbek Abdumajidov, 83), 15. Nemanya Chalasan, 18. Damir Temirov (8. Shohmalik Komilov, 80), 20. Islom To'xtaho'jaev, 77. Mahmudjon Mahamadjonov, 99. Rustam Turdimurodov.

Zaxira: 1. Eldor Adhamov, 23. Fazliddinxo'ja Ubaydullaev, 87. Jamshidbek Ko'paysinov, 88. Shohjahon Yorqinboev.

Ogohlantirishlar: Humoyunmirzo Iminov (44), Mahmud Jo'raboev (45+4), Aleksandre Andronikashvili (59)

🏁 90+3-daqiqa. O'yin yakunlandi!

Uchrashuv hakamining yakuniy hushtagi chalindi. "Andijon" safarda "Mashal" ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozonib, muhim 3 ochkoni qo'lga kiritdi.

90-daqiqa. Ikkinchi bo'limning asosiy vaqti yakunlandi. Bosh hakam tomonidan uchrashuvga 3 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

⚠️ 88-daqiqa. Xavfli vaziyat! "Andijon" futbolchisi Shohmalik Komilov yaqin masofadan o'ta qulay imkoniyatga ega bo'lgan edi, biroq undan foydalana olmadi. Hisob o'zgarishsiz qoldi.

🔄 83-daqiqa. "Andijon" tarkibida navbatdagi o'zgarish: Abdurahmon Komilov o'rnini Odilbek Abdumajidovga bo'shatib berdi.

🔄 80-daqiqa. "Andijon" tarkibida navbatdagi o'zgarish: Damir Temirov maydonni tark etdi, uning o'rniga Shohmalik Komilov bahsga qo'shildi.

🔄 74-daqiqa. "Andijon" tarkibida birdaniga ikki o'zgarish: Imeda Ashortia o'rniga Doniyor Abdumannopov, Po'latxo'ja Xoldorxonov o'rniga esa Bekzod Sulaymonov maydonga tushirildi.

⚠️ 70-daqiqa. Xavfli vaziyat! Dragan Cheran olis masofadan raqib darvozasi tomon kuchli zarba yo'lladi. "Mashal" posboni Dostonbek To'xtaboev to'pni qaytarib, maydon tashqarisiga chiqarib yubordi va xavfni bartaraf etdi.

67-daqiqa. Bahsli vaziyat! "Mashal" futbolchisi Komiljon Tojidinov o'ng qanotdan jarima maydoniga kirib, Mahmudjon Mahamadjonov bilan to'qnashib ketdi. Qayta takroriy lavhalarda "Andijon" himoyachisi raqibining oyog'ini bosib olgandek ko'rindi, biroq bosh hakam bu vaziyatni penaltiga loyiq emas deb baholadi va o'yinni davom ettirishga ruxsat berdi.

67-daqiqa. Imeda Ashortia o'ng qanotdan jarima maydoniga yorib kirib, o'ng oyoqda darvoza tomon zarba yo'lladi. Biroq uning urinishi juda noaniq chiqdi.

🔄 59-daqiqa. "Mashal" tarkibida o'zgarish: Azizbek Choriev maydonni tark etdi, uning o'rniga Normurod Ko'charov bahsga qo'shildi.

🟨 59-daqiqa. Aleksandre Andronikashvili Komiljon Tojidinovga nisbatan qoidani buzgani uchun hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirildi.

57-daqiqa. Aleksandre Andronikashvili olis masofadan raqib darvozasini nishonga olib ko'rdi, biroq uning zarbasiga aniqlik yetishmadi.

🔄 54-daqiqa. "Mashal" tarkibida navbatdagi o'zgarish: Ifeani Ifeani o'rnini Ahrorbek Rahimovga bo'shatib berdi.

53-daqiqa. GOOOL! "Andijon" hisobni ochdi! Imeda Ashortia jarima maydoniga aniq uzatmani amalga oshirdi, Po'latxo'ja Xoldorxonov esa bosh bilan to'pni darvoza to'riga aniq joylab qo'ydi – 0:1.

51-daqiqa. Imeda Ashortia raqib darvozasi tomon navbatdagi zarbasini yo'lladi, biroq to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.

⚠️ 48-daqiqa. Xavfli vaziyat! "Andijon" futbolchisi Imeda Ashortia jarima maydoni yaqinidan darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi. "Mashal" posboni Dostonbek To'xtaboev to'pni qaytarib, xavfni bartaraf etdi.

🔄 46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Jamoalar tarkibida tanaffusda o'zgarishlar yuz berdi.

"Mashal": Humoyun Murtozaev o'rniga Tohirbek To'xtasinov, Zafarbek Akramov o'rniga esa Muhammadbobir Mo'ydinov maydonga tushdi.

"Andijon": Humoyunmirzo Iminov o'rniga Dragan Cheran o'yinga qo'shildi.

45+5-daqiqa. Birinchi bo'lim yakunlandi! Hakam hushtagi chalindi va jamoalar tanaffusga yo'l olishdi. Hozircha hisob ochilmadi – 0:0. Qisqa tanaffusdan so'ng yana maydonga qaytamiz.

🟨 45+4-daqiqa. "Mashal" futbolchisi Mahmud Jo'raboev Aleksandre Andronikashviliga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.

⚠️ 45-daqiqa. Xavfli vaziyat! "Andijon" hujumchisi Rustam Turdimurodov jarima maydoni ichida to'pni qabul qilib, o'ziga to'g'rilab oldi va chap oyoqda kuchli zarba yo'lladi. Biroq to'p to'sin yuqorisidan o'tib ketdi.

🟨 44-daqiqa. Maydon markazida raqibini fol evaziga to'xtatib qolgan "Andijon" futbolchisi Humoyunmirzo Iminov hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.

39-daqiqa. "Andijon" hujumchisi Po'latxo'ja Xoldorxonov jarima maydoni ichidan darvozaga zarba berdi, biroq uning urinishi noaniq chiqdi.

36-daqiqa. Humoyunmirzo Iminov jarima zarbasini to'g'ridan-to'g'ri darvoza tomon yo'lladi. To'p to'sin yuqorisidan o'tib ketdi.

26-daqiqa. Bosh hakam uchrashuvni vaqtincha to'xtatdi. Futbolchilarga salqinlanib olish va suv ichish uchun qisqa tanaffus berildi.

⚠️ 19-daqiqa. Xavfli vaziyat! Humoyunmirzo Iminov jarima maydoniga aniq uzatmani amalga oshirdi. Qulay vaziyatga chiqib borgan Nemanya Chalasanning yaqin masofadan yo'llagan zarbasiga esa biroz aniqlik yetishmadi.

16-daqiqa. Gol bekor qilindi! "Andijon" futbolchilari o'ng qanotdan jarima maydoniga uzatmani amalga oshirishdi. Rustam Turdimurodov to'pni tizzasi bilan darvoza to'riga yo'lladi, biroq yon hakam ofsayd qayd etgani sababli gol hisobga olinmadi.

⚠️ 13-daqiqa. Xavfli vaziyat! "Mashal" sardori Humoyun Murtozaev jarima maydoni ichidan darvoza tomon zarba yo'lladi. "Andijon" posboni Artyom Potapov to'pni ishonchli tarzda egallab oldi.

🔄 12-daqiqa. "Mashal" tarkibida majburiy o'zgarish: Ibrohim G'anixonov maydonni tark etdi, uning o'rniga Mahmud Jo'raboev o'yinga qo'shildi.

⚠️ 6-daqiqa. Xavfli vaziyat! "Andijon" jamoasidan tezkor hujum. O'ng qanotdan jarima maydoniga yorib kirgan Abdurahmon Komilov to'pni markazga uzatdi. Rustam Turdimurodovning yo'llagan zarbasini esa "Mashal" darvozaboni Dostonbek To'xtaboev bartaraf etdi.

⚠️ 2-daqiqa. Xavfli vaziyat! "Mashal" futbolchisi Azizbek Choriev jarima maydoni tashqarisidan belgilangan standarrtdan kuchli zarba yo'lladi. To'p ustun yonidan o'tib ketdi.

🔔 1-daqiqa. Bosh hakam Rustam Chorievning hushtagi chalindi va uchrashuvga start berildi! Jamoalarga omad tilaymiz.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Bugungi bellashuvda "Mashal" ko'k, "Andijon" jamoasi esa oq liboslarda harakat qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia