"Yuventus" 4 nafar futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib boradi
07 sen 2023 13:45
Yangiliklar
"Yuventus" 4 nafar futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib boradi
"Yuventus" Voycex SHensni, Adrien Rabo, Federiko Gatti va Federiko Keza bilan shartnomani uzaytirmoqchi, deya xabar berdi "La Gazzetta dello Sport".
"Keksa sinora"ning sport direktori Kristiano Juntoli bu masalani ortga surmoqchi emas.
Kelasi yozda erkin agentga aylanadigan Adrien Rabo bilan muammo tezda hal qilinishi kerak. Franciyalik futbolchiga yo 7 million evro evaziga bir yillik yangi shartnoma yoki maoshi qisqartirilgan uzoq muddatli shartnoma taklif etiladi.
SHensni va Gattiga maoshni kamaytirish taklif qilinadi. Ammo 2025 yilning yoziga qadar shartnomasi bor Federiko Keza bilan vaziyat boshqacha. U "Yuventus"ni erkin agent sifatida tark etmasligiga ishontirdi. Buning evaziga Keza yaxshi moliyaviy sharoitlarni talab qiladi.
Fikrlar