"Yuventus" 19 yoshli futbolchini 120 mln. evroga sotib olmoqchi
05 mar 2019 17:42
Yangiliklar


"Yuventus" 19 yoshli futbolchini 120 mln. evroga sotib olmoqchi
Turinning “Yuventus” klubi “Benfika”ning 19 yoshli futbolchisi Joau Felish bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
ASʼnashrining xabar berishicha, Turin jamoasi portugaliyalik xavbek uchun 120 mln. evro sarflashga tayyor.
“Byankoneri”lar sport direktori Fabio Paratichi “Benfika” rahbariyati bilan aloqaga chiqqan. Mazkur uchrashuvda “Benfika” yarimhimoyachisining agenti Jorje Mendesh ham ishtirok etgan. Qayd etish joizki, “Burgut”larning yosh umidli futbolchisiga MYU, “Barselona“, “Real”, “Atletiko” va Evropaning boshqa grandlari tomonidan qiziqish bildirilgandi.
Joau Felish joriy mavsum 22ta uchrashuvda qatnashib, 10ta gol urgan holda 4ta golli uzatmani o'z hisobiga yozib qo'ygan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar