"Yuventus" 12 iyunda "Milan" bilan to'qnash keladi
04 iyu 2020 23:07
Yangiliklar


"Yuventus" 12 iyunda "Milan" bilan to'qnash keladi
Italiya sport vaziri Vinchenco Spadafora mamlakat kubogi bahslari o'tkaziladigan sanalarni elon qildi:
"Umid qlganimizdek, mavsum Italiya kubogi o'yinlari bilan qayta boshlanadi. Uchrashuvlarni Rai translyaciya qiladi, biz hammamiz esa tomosha qilamiz.
Yarim finalning javob o'yinlari 12, 13 iyun kunlariga belgilangan, kubok finali esa 17 iyunda o'tkaziladi".
1/2 final doirasidagi "Yuventus" – "Milan" (1:1 – birinchi o'yin) bahsi 12 iyunda, "Napoli" va "Inter" jamoalari o'rtasidagi (1:0 – birinchi o'yin) bahs esa 13 iyunda o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar