“Yuve” safiga braziliyalik futbolchi qo'shildi
11 apr 2019 21:43
Yangiliklar


“Yuve” safiga braziliyalik futbolchi qo'shildi
“Flamengo” futbolchisi faoliyatini Italiyada davom ettiradi.
“Flamengo” himoyachisi Vesli Turin superklubi safini to'ldirdi. Braziliyalik futbolchi o'zining Instagram sahifasida “Yuventus”ga o'tganligini malum qildi.
Mashhur agent Mino Rayolaning mijozi hisoblanadigan Vesli erkin agent sifatida Italiya jamoasi bilan shartnoma tuzdi.
O'ng qanot himoyachisi o'tgan yilning may oyidan buyon maydonga tushgani yo'q. U “Flamingo” rahbariyati bilan kelisholmay qolgach, murabbiylar uni tarkibga kiritmay qo'yishgan.
19 yoshli himoyachi Braziliya termasi safida 2017 yilda o'smirlar o'rtasida o'tkazilgan Janubiy Amerika kubogida g'oliblikni qo'lga kiritgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar