"Yuve" Ronalduni franciyalik futbolchi bilan almashtirishi mumkin (The Independent)
11 dek 2020 21:04
Yangiliklar


"Yuve" Ronalduni franciyalik futbolchi bilan almashtirishi mumkin (The Independent)
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbaning "Yuventus"ga qaytishi kutilmoqda.
The Independent xabariga ko'ra, Turin klubi francuz futbolchisi bilan shartnoma imzolashning bir nechta variantlarini ko'rib chiqmoqda.
Birinchisi, 2003-2009 yillarda "Man Yunayted" libosida o'ynagan Krishtianu Ronaldu bilan "rokirovka". "Keksa sinora" rahbariyati Ronaldudan voz kechishga tayyor. CHunki uning o'yin uslubi "Yuventus"da jamoaviy futbol qurilishiga imkon bermaydi.
Takidlanishicha, MYU vice-prezidenti Ed Vudvord hamon Ronaldu bilan shartnoma imzolash fikridan qaytmagan.
Ikkinchisi, Pogbaning transferiga Paulo Dibalani qo'shish. Biroq, bu variantning ehtimoli kamroq. CHunki argentinalik futbolchi "Yunayted"ga o'tishni istamaydi. "Qizil iblislar"da ham Dibalaga qiziqish yuqori emas.
O’xshash yangiliklar
00:40
Angliya kubogi. "Manchester Siti" "Plimut"ga qarshi kambek qayd etib, keyingi bosqichga yo'l oldi 34

Fikrlar