So’nggi yangiliklar

15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  1 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  4 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  6 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  19 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  2 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  2 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  13 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  10 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  3 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  5 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  3

Yuriy Lukin: “Himoyadagi xatolarimiz pand berdi” Yangiliklar

Yuriy Lukin: “Himoyadagi xatolarimiz pand berdi”

“Nasaf” – “Qizilqum” jamoalari uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida dastlab mehmonlar ustozi Yuriy LUKIN ishtirok etdi.
-O'yin jangovar ruhda o'tdi va muxlislarga yoqdi, deb o'ylayman. Bizga ayrim daqiqalarda himoya chizig'ida barqarorlik va sovuqqonlik etishmadi. SHu sabab bugun mag'lub bo'ldik. “Nasaf” yuqori saviyadagi jamoa. Tarkibdagi futbolchilar bir necha yillardan buyon birga to'p tepib kelishmoqda. Jamoaning o'z o'yin uslubi, o'z etakchilari bor. Bir necha yillardan buyon qarshiliklarning o'yinini kuzatib kelaman. Ular ko'rsatayotgan o'yin menga yoqadi, ochig'i...

-Vahobovni bugun ikkinchi taymga kelib maydonga tushirdiingiz...
-Biz uni ikkinchi bo'limga maydonga tushirib, o'yinni kuchaytirishni maqsad qilgandik. U ishonchni oqladi va gol urdi. Ammo bu kerakli natija uchun kamlik qildi.

-Joriy mavsumda jamoa oldiga qanday vazifalar qo'yilgan?

-Imkon boricha jadvalning yuqori pog'onalarini band etish. Ammo o'tkazilgan beshta tur doirasida biz “Paxtakor, “Bunyodkor” va “Nasaf” bilan kuch sinashishga majbur bo'ldik. Albatta, taqvim shunday tuzilgan. O'ylaymanki, bundan buyog'iga biz yaxshi natijalarni qayd eta boshlaymiz. Jamoamiz jangovar tarkibga ega va biz g'alabaga chanqoqmiz. Umuman bugungi o'yinda yigitlarimizning harakatlaridan qoniqdim. Ular jon jahdlari bilan harakat qilib o'ynashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика