Yuriy Lukin: "Andijon" g'alabani ko'proq istadi"
09 avg 2014 21:01
Yangiliklar
Yuriy Lukin: "Andijon" g'alabani ko'proq istadi"
"Andijon" - "Qizilqum" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Yuriy Lukin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bugun "Andijon" bizdan ko'ra g'alabani ko'proq istadi. O'yin juda og'ir kechdi. "Andijon"ga keyingi o'yinlarda ham omad tilayman. Bunday muxlislarga ega bo'lgan jamoa oliy ligada o'ynashi kerak.
"Bunyodkor"ga qarshi o'yindan so'ngi ikki nafar futbolchimiz diskvalifikaciya qilingandi. Bugungi o'yinda ularning o'rni ham bilindi.
Alisher Azizov hozircha jismonan tayyor emas, keyingi o'yinlarda unga umid qilayapman. Kvesiashvili tezda jamoaga qo'shilib ketdi. Uning harakatlaridan qoniqish hosil qilayapman.
Yigitlar bugungi mag'lubiyatdan fojia yasashmaydi deb o'ylayman. O'yinimiz yomon emas faqat g'alabaga erisha olmadik. SHishelov oilaviy sabablarga ko'ra Rossiyaga jo'nab ketdi. Uning ham o'rni bilinmoqda", - deydi Yuriy Lukin.

Fikrlar