So’nggi yangiliklar

09:00Про лига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 08:32Кечаги Суперкубогнинг энг яхши футболчиси ким бўлди?  0 08:07Ўзбекистон кубоги. Бугун сўнгги ярим финалчи аниқланади  2 02:40УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" - "Аталанта" 2:0, Беллингемдан заргарона ассист Мбаппедан гол  0 01:50"Реал Мадрид" – Европа Суперкубоги соҳиби! Мбаппе илк ўйинидаёқ гол урди ва соврин ютди  28 01:15Саудия Суперкубоги. "Ал Тавун" - "Ал Насср" 0:2, Роналдудан ажойиб узатмалар ва гол  0 00:30"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш билан шартномани узайтирди  0 23:46"Ал Насср" Саудия Арабистони Суперкубоги финалига йўл олди. Роналду янги мавсумдаги илк голини урди  3 23:30Карло Анчелотти: "Ёзги таътилим расво бўлди"  4 23:10УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" – "Аталанта". Бошланғич таркиблар аниқ!  20 22:40ПСЖ деярли 60 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  1 22:08Анвар Бердиев: "Ютишимиз ҳам, ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  4 21:52Ҳаким Фузайлов: "Бугун икки очко йўқотдик"  2 21:30Сильванус Нимели расман янги клубга ўтди  1 21:10"Футбол олами". "Насаф" "Пахтакор"ни ОКМК "Навбаҳор"ни мағлуб этди — Суперлиганинг 15-тури ҳақида барчаси  1

Yurgen Klopp: "Men qiziqarli va tomoshabop futbol shaydosiman" Yangiliklar

Yurgen Klopp: "Men qiziqarli va tomoshabop futbol shaydosiman"

"Liverpul" bosh murabbiyi Evropa ligasi yarim final doirasidagi "Vilyarreal"ga qarshi o'yin oldidan bir qator mavzularda o'z fikrlarini bildirdi.


- To'g'risini tan olsam, Dortmund bilan o'yinda durang qayd etilayotganida natijadan qoniqayotgandim. Keyin qo'limdagi soatga qarasam, uchrashuvning 77-daqiqasi ekan. Yarim finalga yo'l olish uchun ozgina qolganini tushundim va buning uchun vaqtimiz borligini yaxshi payqab turgandim. Ammo aynan g'alaba to'pini kiritib, yarim final masalasini asosiy vaqtda hal etishimizni kutmagandim. Mo'jizani kutilmaydi. G'alaba to'pidan so'ng xursandchilikdan ham ko'ra shok holati ko'proq edi. O'yindan keyin ko'z oldimda xursand yuzlarni ko'rganimdan so'ng shuni payqadimki, o'sha o'yin o'zgacha kecha bo'lgandi. Bu kabi o'yinlar hayotingda 500 martalab bo'lmaydi. Agarda sen juda ham omadli inson bo'lsang, unda faoliyating davomida bu kabi o'zgacha kechalar 10taga yaqin bo'lishi mumkin. O'sha g'alabadan keyingi tong boshqacha bo'ldi. Uyg'onganimda, naqadar go'zal va yoqimli g'alabani qo'lga kiritganingni yana bir bor eslaysan va bundan zavq olasan. Lekin negadir o'sha kuni juda ham yaxshi kayfiyatda emasdim. Negaligini ko'p vaqt tushunmadim. Keyin esa bildim. e ha, ular yutqazishdiku deb o'ylab qoldim. CHunki men Dortmundda 7 yilni o'tkazganman.  Ajoyib va esdan chiqmaydigan 7 yil! Men ularni qanday holatda bo'lganliklarini juda yaxshi bilardim. Mehmonada o'zlarini qanday tutganliklarini, qanday uxlashgani va ertalabki nonushtani qay kayfiyatda qilishganini men juda yaxshi bilardim. SHu bois o'zimni noqulay his qildim.
O'yin paytida maydon chetida o'zimni nega unday tutishimni to'g'risi tushunmayman. Har o'yinda har xil vaziyatlar yuzaga keladi. Men qilayotgan qiliqlar, ehtiroslarim har doim ham manoli bo'lavermaydi. Ammo bazida bu menga engillik beradi. O'zimni yaxshi his etishimda yordam beradi. Futboldan shunday zavq olaman. Asosan esa men futbolchilar uchun shunday qilaman.
O'yin falsafam? Mening jamoam har doim g'alaba qozonishini istayman. Bor gap shu. Aniqroq aytadigan bo'lsam, jamoam ko'rsatayotgan o'yindan muxlislar rohatlanib, futboldan zavq olishlarini istayman. CHunki futbol ishqibozlar dam olishi uchun o'ynaladi. Ularga tomoshabop o'yin ko'rsatish lozim. Ishqiboz stadionga kelib, o'yin zerikarli bo'ldi desa, unda keyingi safar kelish-kelmaslikni o'ylab qoladi. Mening jamoam ham to'pni nazorat qiladi. Lekin negadir bunga hech kim etibor qilmaydi. CHunki mening asosiy imijim pressing sanaladi. Men futbolda tomoshaboplikni yoqtiraman. Futboldan zerikmaslik kerak. Aksincha bo'lmog'i lozim.
"Vilyarreal" haqida gapiradigan bo'lsam, Ispaniya chempionatida to'rtinchi o'rinda borayotgan jamoa qanchalik kuchli ekanligini barcha biladi. Ular juda ko'tarinki ruhda ushbu mavsumni o'tkazishmoqda. Biz yarim finaldamiz. CHunki bunga munosib va haqli ravishda erishdik. Jamoam finalga qadar borishga qodir. CHunki biz kuchlimiz.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика