Yurgen Klopp: "Kristal Pelas"ning tezkor qarshi hujumlariga echim topishimiz kerak"
22 noy 2019 20:50
Yangiliklar


Yurgen Klopp: "Kristal Pelas"ning tezkor qarshi hujumlariga echim topishimiz kerak"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp APL 13-turidan joy olgan "Kristal Pelas"ga qarshi uchrashuv oldidan o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
"Ularning uy uchrashuvlari o'zgacha o'tadi, chunki u erda juda yoqimli atmosfera hukm suradi. Raqib jamoalar qiyinchiliklarga duch kelishadi. Hatto uy o'yinlarida ham ular zich himoyalanishadi va asosiy urg'uni qarshi hujumlarga berishadi. Qiyin va yuqori sifatli raqib.
Zaa, Taunsend va Ayyu kabi tezkor futbolchilarga qarshi himoyalanish juda ham qiyin. Biz bunga echim topishimiz shart", – deydi Klopp.
"Kristal Pelas" – "Liverpul" uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar