"Nyukasl" Isakni sotish niyatida emas - klub uning narxini 173 million evroga ko'tardi
20 iyu 09:52
Yangiliklar


"Nyukasl" Isakni sotish niyatida emas - klub uning narxini 173 million evroga ko'tardi
Manbaga ko'ra, klub Isaka bilan qiziqish bildirayotgan jamoalarni "qo'rqitish" maqsadida uning narxini 173 million evroga (150 million funt sterling) etkazgan.
"Liverpul" tomonidan berilgan 139 million evroga (120 million funt) yaqin taklif esa rad etilgan.
Avvalroq, Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi ham Isakni o'z safiga qo'shib olishga urinishi mumkinligi xabar qilingandi. Biroq manbalarga ko'ra, futbolchining o'zi aynan "Liverpul" safiga o'tishni orzu qiladi.
Shu bilan birga, ishonchli manbalar "Liverpul" "Ayntraxt" forvardi va "Nyukasl"ning transfer maqsadlaridan biri bo'lgan Ugo Ekitike bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishganini malum qilgan.
2024/2025 yilgi mavsumda Isak barcha musobaqalarda 42 ta o'yinda ishtirok etib, 27 ta gol va 6 ta golli uzatma muallifi bo'ldi. Uning "Nyukasl" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, Isakning bozor bahosi taxminan 120 million evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar