So’nggi yangiliklar

00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  3 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  0 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  2 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  3 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  24

Yurgen Klopp ECHLning ikki favoritini aytdi Yangiliklar

Yurgen Klopp ECHLning ikki favoritini aytdi

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp joriy yilgi ECHL favoritlari haqida gapirdi.

“Men uchun ushbu turnirda ikki favorit bor. Bular “Manchester Siti” va “Bavariya”. Bu ikki jamoa ishtirokidagi uchrashuv shubhasiz tomoshabop kechardi. Ular yarim final yoki finalda uchrashadimi, bunisini bilmayman. “Bavariya” tanaffusdan ilgari ham keyin ham Germaniyada hammadan yaxshi, chiroyli va kuchli o'yin namoyish etmoqda. Xans Diter Flik boshqaruviga o'tgach, jamoa har qanday raqibni yo'lidan chiqarib tashlamoqda.

Bu yilgi bahslar o'zgacha formatda o'tishi bilan ham qiziqarli. “Manchester Siti”ni tarkibiga etibor qilsangiz, ularning naqadar kuchli jamoa ekanligini bilish mumkin. Albatta omad barchaga kerak bo'ladi. Buni doim aytganman. Agar ECHLda g'olib bo'lmoqchi ekansan, hal qiluvchi final bahsiga to'liq tarkibda etib borish lozim.

Albatta ayni paytda ECHLda ishtirok etadigan qolgan jamoalarni ham kuchsiz deyishdan yiroqman. Ammo bu ikkki jamoani shubhasiz ular orasida favorit deb hisoblayman”, deya Kloppning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.

Eslatib o'tamiz, bu yilgi ECHL bahslari “8 final” formatida  12-23 avgust kunlari Lissabonda bo'lib o'tadi. Jamoalar bitta uchrashuv natijasiga ko'ra, keyingi bosqichga yo'llanma olishadi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика