So’nggi yangiliklar

01:05ЕЧЛ. "Интер" – "Арсенал", ПСЖ – "Атлетико" (онлайн ҳисоб)  2 01:00ОЧЛ 2. "Насаф" Голбаннинг хатолари сабаб мағлуб бўлди  1 00:53Рўзиқул Бердиев: "Мағлубиятимизга бир неча сабаблар бор. Плей-оффга чиқиш имкониятларимиз кескин камайиб кетди"  3 00:23ЕЧЛ. "Барселона" "Црвена Звезда" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  10 23:49"Ал Ҳилол" Неймар энг камида бир ойга сафдан чиққанини тасдиқлади  0 23:23ОЧЛ 2. "Шабаб Ал Аҳли" "Қувайт СК"ни мағлубиятга учрата олмади. Бу "Насаф"нинг имкониятларини бироз оширди (гуруҳдаги вазият)  12 22:55Россия кубоги. "Рубин" ва ЦСКА чорак финалнинг илк баҳсида дуранг қайд этди. Файзуллаев 71, Раҳмоналиев 85 дақиқа ҳаракат қилди  5 22:30Абдуқодир Ҳусанов Франция чемпионатида ойнинг энг яхши ёш футболчиси деб топилди  9 21:53"Ал Ҳилол" Неймардан қутулиш ҳақида ўйламоқда  7 21:36Қатар термаси Ўзбекистонга қарши ЖЧ саралашидан ўрин олган ўйин учун қайдномасини эълон қилди  12 21:00ОЧЛ 2. "Насаф" ўз майдонида Иордания клубига мағлуб бўлди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини камайтириб юборди  261 20:10Англия премьер-лигасида энг кўп маошни қайси футболчилар олади? Салоҳ 4-ўринда  9 19:45Расман: Григорий Колосовский - "Локомотив" бош мураббийи  20 19:25Алексей Евстафеев: "Ҳозирги ҳолатимизда бир очко биз учун кам"  1 19:10Ҳаким Фузайлов: "Мавсум охири бўлишига қарамай, йигитлар охиригача курашишди"  0

Yurgen Klinsmanning "Guardian" nashriga bergan intervyusi Yangiliklar

Yurgen Klinsmanning "Guardian" nashriga bergan intervyusi

Okean orti terma jamoasi murabbiyi bir necha yildan so'ng AQSH raqobatbardosh jamoaga aylanadi deb hisoblaydi, ammo jamoaga Braziliyadagi Jahon chempionatidan so'ng baho bermoqchi.
Germaniya terma jamoasining afsonaviy futbolchisi, hozirda AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klinsmann Jahon chempionatiga tayyorgarlik olib borayotgan jamoasining mashg'ulotlariga boshchilik qilmoqda. Bazida Klinsmann futbolchilarning qo'pol xato qilayotganini ko'ra turib, ishonch bilan futbolchilar oldiga kelib, yuzida tabassum bilan ularning etishmovchiliklarini to'g'irlashini tushuntiradi.

Klinsmann tabassum qilishni va kulishni xush ko'radi. Albatta u soatlab jamoa oldiga qo'yilgan vazifani gapirishi mumkin, ammo u bu maqsadga bosqichma-bosqich erishishni to'g'ri deb biladi.
Klinsmann shogirdlarini ruxlantirishi shart emas, ular qanday guruhga tushib qolishganini yaxshi bilishadi. Uning jamoasi chaqilmas Gana, Ronaldusi bor Portugaliya va albatta sevimli Germaniya bilan maydonga tushadi.



Nemis mutaxassisi  futbolchilik paytidagi o'sha alpqomat, ingliz muxlislari uchun g'alaba taqdim eta oladigan, “Tottenhem”dagi ilk golini baham ko'radigan Klinsmanni eslatib yuboradi. Ammo AQSHdagi  uch yil, sobiq futbolchining hayotida sezilarli iz qoldirdi. U tez-tez turli hil bolalar bayramlariga homiy sifatida taklif etiladi, xotinini amerika fuqaroligini olishga ko'ndiryapti. Amerika haqida gapirayotganda, u “mening ikkinchi uyim” so'zini ishlatadi.
Yurgen Klinsman 2011 yilda Bob Bredli o'rniga AQSH bosh murabbiyi lavozimini egallaydi. Klinsmann AQSH futbol federaciyasi prezidentining nishoni bo'lgan, Sunil Gulati 2006 yildagi mundialda nemis jamoasining o'yinidan xayratlanishini berkitmagan. Okean orti jamoasini boshqarish Klinsmannga avvalroq taklif etilgan, o'shanda nemis murabbiyi “Bavariya”ni tanlagan. Klinsi biroz o'tib Amerika terma jamoasiga murabbiy bo'lishi hech kimni xayratga solmagan.

AQSHning ilk natijalari hech kimni xursand qilmagan edi, chunki ular haqida hech kim fikr bildirmoqchi emasdi. Ammo Italiya va Meksika ustidan qozonilgan g'alabalardan so'ng ko'p mutaxassislar o'zlarini bosib olishdi. Murabbiy o'rtoqlik o'yinlariga yosh futbolchilarni kam chaqirardi, bunga uning javobi bor edi. “Tushuninglar, hozircha katta o'zgarishlarni qila olganim yo'q. SHu muammoni hal qilishim bilan jamoaga “yangi qon” quyaman”, - deydi Yurgen.

 “AQSHda futbol to'g'ri qurilmagan. Bu erda 6 yoki 7 oy davom etadigan sport turlariga etibor beriladi, masalan, beysbol yoki basketbol. Evropada esa futbolni 10 yoki 11 oy o'ynashadi. Amerikalik bolalarda jismoniy holat yaxshi rivojlanmaydi va biror sport turiga to'la yondashmaydi. Evropada esa aksincha, futbol seni yutib yuboradi”, - deydi terma jamoa murabbiyi.

“Hozir biz davlatda futbol tizimini o'zgartirish ustida ishlayapmiz. Biz sifatli murabbiylar o'qitishga va bolalarni kichik yoshdan rivojlantirishga, futbolning asosiy ligasini o'zgartirishga harakat qilyapmiz. Jahon darajasida bo'lishiga intilyapmiz. Nihoyat biz futbolchilar tayyorlashning yangi tizimini amalda qo'llayapmiz va tayyorlash tizimi 10 oyni tashkil etadi. Tez orada bu davlat yangi darajaga chiqadi va birgalikda raqobatbardosh jamoaga aylanamiz”.



U davlatda futbolni rivojlantirish uchun eng shimargan. Klinsmanning ishi uzoq muddatli maqsadlarga bag'ishlangan va bu ishlar uni boshqa murabbiylardan ajratib turadi. O'tgan yilning dekabr oyida u jamoa bilan shartnomani 2018 yilgacha uzaytirdi. Demak, Braziliyadagi Jahon chempionatiga ko'p narsa bog'liq emas. Bu bilan Klinsman faqat g'alaba xohlaydigan murabbiylardan ajralib turadi. U “Jahon Kubogi – bu sifat ko'rsatkichi” deb hisoblaydi.

AQSH terma jamoasi mundialni Ganaga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Keyingi o'yinlar Portugaliya va Germaniyaga qarshi ekanligi hisobga olinsa, ilk o'yinda g'alaba qozonish kerak. “Agar biz boshqa ikki o'yinda g'alaba qozonishimizga to'g'ri kelsa, biz bunga harakat qilamiz. Bu biz uchun muammo bo'lmaydi. Biz Portugaliyani 2002 yildagi kabi (o'shanda 35 daqiqa ichida amerikaliklar portugallar darvozasiga uchta gol urishgan va o'yin 3:2 hisobida yakunlangan) yutishga harakat qilamiz. Bunday turnirda hamma narsa bo'lishi mumkin. Biz ko'pchilikni ko'rish uchun, yaxshi tayyorlanishimiz kerak”, - deydi Klinsmann.

Janubiy Amerikada kutilmagan hodisalardan qochish uchun, AQSH terma jamoasi yanvar oyida Braziliyada bo'lib kelishdi. Mashg'ulotlar hozir amerikaliklar shug'ullanayotgan o'quv markazida bo'lgan. SHunday mayda detallar jamoaga ruxiy sokinlik olib keladi va AQSH terma jamoasida Braziliya havosiga ko'nikish muammo bo'lmaydi deb hisoblaydi murabbiy.

“O'ylashimcha, o'yinchilarimizda joy borasida muammolar bo'lmaydi. Uch-to'rt soat samolyotdagi uchishlar biz uchun yangilik bo'lishi kerak emas, chunki biz Gondurasda, Panamada, Kosta-Rikada uchrashuvlar o'tkazdik. Siz o'yinga ikki kun qolganda San Pedro Suluga kelsangiz, buning ustiga namlik katta bo'lsa o'zingizni yomon his qilasiz. Aytgancha, bu shahar dunyodagi eng xavfli sanaladi. Gap shundaki, bu erda jinoyat xavfi boshqa shaharlarga nisbatan yuqori. Biz bunday holatlarga o'rganib qoldik, Braziliyaga ham ko'nikamiz. Men har doim shogirdlarimga, raqiblarimiz ham huddi shunday ahvolda ekanligini aytaman”.

Turnir boshlanishida Klinsi kichik o'zgartirishlarni amalga oshiradi. U Jahon chempionatiga yaxshi tayyorgarlik ko'rish uchun, o'rtoqlik o'yinlarinig qiyin rejasini tuzib chiqishga harakat qildi. Uning shogirdlari boshqa davlat chempionatlarida ishtiroki haqida murabbiy shunday deydi: “Angliya, Italiya yoki Germaniya bizdan farqli o'laroq, murabbiyida kamida 18-20 ko'zga ko'rinarli futbolchilari bor. Ammo men o'z klubida yaxshi ishtirok etayotgan futbolchilarni chaqirishga harakat qilaman”.

Klinsmann kelganidan so'ng, mahalliy klublardan ham terma jamoaga chaqiruvlar ko'paydi. Bir necha yil oldin JARga MLSdan bor yo'g'i to'rt futbolchi yo'l olgan. Braziliyaga esa AQSH chempionatidan 15 futbolchi boradi. Katta farq bor, to'g'rimi?

“Liga katta yutuqlarga erishmoqda, avvallari boshqa terma jamoalarga tenglasha olmasdik. Biz buning ustida har kuni ishlayapmiz. Biz to'g'ri yo'ldan ketyapmiz, ammo hozircha o'z maqsadimizga erishganimiz yo'q”.

“Afsuski bu davlat futbolchilari bir maromda o'ynashmaydi. Yaxshi futbolchilar ham bor, ammo katta mashhurligidan so'ng, mashg'ulotlarda ishtirok etmaydi, oqibatda qanday tez ko'tarilgan bo'lsa, shunday pastga qulaydi. Bu muammolar bizni bir necha yil bezovta qiladi”.



AQSHda yosh iqtidorlar inqirozi yuz bermoqda. Aynan Klinsmann, bu muammoni hal qilishga chaqirgan. U Germaniyadagi ikki yillik faoliyati davomida terma jamoaga ko'plab yosh futbolchilarni olib kelganini ko'pchilik biladi. U ilk murabbiylik paytida katta bosimga uchragan, Jahon chempionatidan so'ng esa biroz engillik his qiladi. Ko'plar Klinsi nemis futboliga hujumkorlikni olib kelgan deb hisoblashadi. O'sha vaqtdan beri nima o'zgardi? U o'z bilimlarini yangi terma jamoada ishlata oladimi?

“Har bir tajriba, shu sohadagi biror kishi bilan suhbat bu juda muhim. Germaniyadagi ikki yil va “Bavariya” bilan bir yil menga unutilmas tajriba bergan. Bundan keyin siz ko'p narsalarga boshqacha qaraysiz. Ko'p suvlar oqib o'tdi. Dunyo bir joyda turmaydi. Hozir bizni media yutib yuborgandek. Hamma telefon, Twitter, Facebook, Instagram bilan band. Murabbiy sifatida ko'p savollarga javob izlashimiz kerak. “Ular bilan qanday gaplashish kerak?”, “Qanday qilib bu muhimligini tushuntirish mumkin?”.

Nemis murabbiy hozirgi olamning talablariga moslashmoqda. Futbolchilar elektron pochta orqali jamoaga so'rov yuborishiga u qarshi emas. “Pochta , Twitter yoki Facebook orqali kunning har bir qismida murojaat qilishi mumkin. Bu bilan biz doimo aloqada bo'lishimiz mumkin”, - deydi Klinsman.

Klinsi Germaniya to'g'risidagi savolga javob berishdan qochmadi: “Germaniya mundialda g'olib bo'lishi mumkin. Ayni vaqtda bu terma jamoa sayyoramizning eng yaxshi uchtasidan biri hisoblanadi. Ularda ajoyib iqtidorli futbolchilar avlodi mavjud. Vatandoshlarim hujumkor usulni qo'llashadi. Bu harakatlarning oxiri chempionlik bo'lishi kerak”.

AQSH mundialda g'alaba qilishiga hech kim ishonmaydi. Ammo amerikaliklar murabbiyi o'zgacha ruxda: “Xa , biz Braziliyada ko'proq qolish uchun harakat qilamiz, mundialda yaxshi ishtirok etishimizga ishonamiz. Agar hech narsa o'xshamasa, keyingi qarorni davlat federaciyasi hal qiladi. Men bu ishlar bekor bo'lmaganligiga ishonmoqchiman”

Jasur Aslanov tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика