Yurgen Klinsmann: "So'nggi ikki yil ichida AQSHda katta ishlar amalga oshirildi"
02 iyu 2014 08:53
Yangiliklar
Yurgen Klinsmann: "So'nggi ikki yil ichida AQSHda katta ishlar amalga oshirildi"
AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klinsmann Belgiyaga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Maydon markazida jiddiy kurash kechdi. Men qanot yarim himoyachilari Azar va Mertensdan ko'ra markaziy yarim himoyachilardan havfsiradim. Belgiyalik yarim himoyachilar to'p nazoratida ustunlik qilishdi.
Tim Xovard ajoyib o'yin ko'rsatdi. U 15 ga yaqin seyv amalga oshirdi.
Nimayam qilardik, yangi davr boshlanmoqda. Endilikda Rossiyada bo'ladigan JCHga tayyorgarlik ko'ramiz. Yosh futbolchilarimiz bu erda ko'p narsalarni o'rganishdi", - deydi Klinsmann.
Fikrlar