"Liverpul" Vengriya terma jamoasi himoyachisi bilan shartnoma imzolamoqchi. Unga MYU va "CHelsi" ham davogar
25 dek 18:25
Yangiliklar
"Liverpul" Vengriya terma jamoasi himoyachisi bilan shartnoma imzolamoqchi. Unga MYU va "CHelsi" ham davogar
Milosh Kerkez "qizillar" futbolchisiga aylanishi mumkin.
"Liverpul" "Bornmut"ning chap qanot himoyachisi Milosh Kerkezga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Football Insider" xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, futbolchining xizmatlariga "qizillar"dan tashqari "CHelsi" va "Manchester Yunayted" ham qiziqmoqda.
Milosh joriy mavsum "Bornmut" tarkibida 17 o'yinda qatnashib, 1 ta to'p kiritdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar