So’nggi yangiliklar

13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  4 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  0 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  20 11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  2 11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  5 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  16 10:20Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди  1 09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  1 09:23МЮнинг асосий дарвозабони узоқ муддатга сафдан чиқди  7 08:54“Шўртан“ сардори Ҳиндистон жамоасига кўчиб ўтди  5 08:25Аббосбек Файзуллаев: “Краснодар“ билан ўйин менинг ЦСКАдаги охирги ўйиним бўлганми ёки йўқлигини ўзим ҳам билмайман“  7 07:58Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси фаолиятини Эронда давом эттириши мумкин  10 07:27Россия Суперкубогини қўлга киритган Файзуллаев учрашувдан сўнг нималар деди?  2 07:25“Андижон” польшалик ҳимоячи билан шартнома имзолади  2 07:00“Истиқлол“ бош мураббийи яна бир ўзбекистонлик футболчи билан шартнома тузишни истамоқда  8

Yuragiga "Mes que un club" yozuvi tushirilgan stadion bugun 60 yoshga to'ldi Yangiliklar

Yuragiga "Mes que un club" yozuvi tushirilgan stadion bugun 60 yoshga to'ldi

Teglar :  Kamp Nou
Bugun, 24 sentyabr kuni Evropada o'z bag'riga eng ko'p muxlis sig'dira oladigan "Kamp Nou" 60 yoshga to'ladi.

Katalonchadan tarjima qilinganda yangi maydon manosini beruvchi ushbu arena 1957 yilning 24 sentyabrida foydalanishga topshirilgan. Ko'pchilik ushbu stadionni "Nou Kamp" deb ham atashadi, ammo bu noto'g'ri emas. Stadion nomini teskari aytish inglizlar tomonidan o'ylab topilgan.


O'z bag'riga 99 354 kishini sig'dira oladigan stadion Evropadagi eng yirik, dunyodagi ikkinchi o'rinda turuvchi arena hisoblanadi (birinchi o'rin SHimoliy Koreyadagi "1-may" stadioniga tegishli, sig'imi - 114 000 kishi).

Ushbu arena qurilishi 1954 yil 28 mart kuni boshlangan. "Barselona"ning avvalgi uy stadioni bo'lgan "Camp de Les Corts"da muxlislar sig'imini ko'paytirib bo'lmasdi. "Kamp Nou"ni qurish Franchesk Mityans, Xosep Soteras va Lorenco Garsia-Barbonlardan tashkil topgan arxitektorlar guruhiga topshirilgan.




"Kamp Nou"dagi birinchi yirik uchrashuv 1972 yilda bo'lib o'tgan. O'shanda "Renjers" hamda "Dinamo" (Moskva) o'rtasida Evropa Kuboglari sohibi final uchrashuvi o'tkazilgan va shotlandiyaliklar sovrinni qo'lga kiritishgan.

1975 yilda stadionga elektron tablo o'rnatilgan.


"Kamp Nou" stadioni 1982 yilda Ispaniyada bo'lib o'tgan jahon chempionatining 5ta uchrashuvini qabul qilgan. O'sha mundialda arena bag'riga 121 749 muxlisni sig'dira olgan. Ushbu stadionda jahon chempionatining quyidagi bahslari bo'lib o'tgan.

SanaJamoa 1HisobJamoa 2
1982 yil 13 iyunArgentina0:1Belgiya
1982 yil 28 iyunPolsha 3:0Belgiya
1982 yil 1 iyulBelgiya0:1Sobiq Sovet Ittifoqi
1982 yil 4 iyulSobiq Sovet Ittifoqi
0:0Polsha
1982 yil 8 iyulPolsha0:2Italiya

Bir yil avval "Barselona" rahbariyati "Kamp Nou" stadionini rekonstrukciya qilish haqida qaror qabul qilgan edi. Rekonstrukciya ishlari 2017 yildan boshlanib, 2021 yilgacha yakunlanishi kerak.


Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика